Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar Kristof Kopetski tayinlandi.
Joriy yilning 12-sentabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi rahbariyati hamda hamda GIZning yangi rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad - Markaz rahbariyati bilan tanishish hamda GIZ va Markaz o‘rtasida kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish masalasini muhokama qilishdan iborat bo'ldi.