+998 71 200 02 35

#xalqaro_hamkorlik

20.06.2023 1369

Bugun, 20-iyun kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi (http://uzmarkaz.uz/uz/) professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi (https://notarialpalata.uz/uz) mutaxasisslari ishtirokida “Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan mediatorlik vazifasini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan notarial harakatlarni rasmiylashtirishda foydalanish mumkin bo‘lgan qo‘llanmalar” muhokamasi bo'yicha  davra suhbati o‘tkazilmoqda.

Davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad -  O‘zbekiston Notarial palatasi mutaxasisslari hamda Markaz professor-o‘qituvchilari tomonidan mediatorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan notariuslar uchun ishlab chiqilgan qo‘llanmalarni muhokamasini amalga oshirish, yagona yechimga kelish va mazkur qo‘llanmalarni chop etish masalalarini hal etish hisoblanadi.

Davra suhbati AQSH xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Huquqiy islohotlar dasturi hamkorligida tashkil etilmoqda.