+998 71 200 02 35

Xalqaro tashrif

14.12.2021 2403

Tojikiston Bosh davlat notarial idorasi delegatsiyasining 2021-yil 13-17-dekabr kunlari Oʻzbekistonga tashrifi doirasida delegatsiya vakillari hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Markaz faoliyati bilan bir qatorda masofaviy onlayn platforma hamda adliya organlari xodimlari uchun moʻljallangan kredit-modul tizimi bilan tanishdilar.

Shuningdek mehmonlarga elektron platformalar taqdimot qilindi va oʻquv kontentlardan namunalar namoyish etildi.

 Notariuslarning kasbiy malaka oshirish jarayoni hamda Markazda tashkil etigan notariuslarni mediatorlikka tayyorlash boʻyicha maxsus kurslar delegatsiya aʼzolarida katta qiziqish uygʻotdi.

Maʼlumot oʻrnida, Markaz tomonidan bugungi kunga qadar 570 nafar notarius mediatorlikka oʻqitildi.