+998 71 200 02 35

Tashqi mehnat migrasiyasi to’g’risidagi qonunchilikni takomillashtirish – davr talabi

04.02.2022 2040

2022 yilning 4 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda “O’zbekiston Respublikasida mehnat migrasiyasini tashkiliy-huquqiy tartibga soluvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi innovasion loyiha ijrosi doirasida “Tashqi mehnat migrasiyasi to’g’risidagi qonunchilikni takomillashtirish – davr talabi” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.

 Anjumanda O’zbekistonda va xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar uchun axborot-kommunikasiya texnologiyalari orqali ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’lami va sifati, mehnat migrasiya sohasini boshqarishda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalasining samaradorligi, tashqi mehnat migrasiyasini tartibga solishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, mehnat migrasiyasini tartibga solishga qaratilgan elektron platformalar va ularning o’ziga xos jihatlari kabi masalalar muhokama qilindi.