+998 71 200 02 35

“Sud-huquq sohasidagi islohotlar: MDH va Yaponiya tajribasi” nomli xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

20.12.2021 2287

20-dekabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi va Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot va taʼlim instituti oʻrtasida 2021-2022-yillarda hamkorlikni rivojlantirishga moʻljallangan Hamkorlik dasturi asosida “Sud-huquq sohasidagi islohotlar: MDH va Yaponiya tajribasi” nomli xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Adliya vazirligi, Sudyalar oliy maktabi, Bosh prokuratura Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Advokatlar palatasi, Notarial palata, Madad NNT va milliy ekspertlar bilan bir qatorda Yaponiya, AQSH, Belarus, Qozogʻiston, Tojikiston, Kirgʻiziston davlatlaridan mutaxassislar ishtirok etishib, oʻz davlatlarining adliya va sud-huquq tizimidagi islohotlari yuzasidan maʼruza qilishdi.

Konferensiyani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad – sud-huquq sohasidagi islohotlarning xalqaro tajribasi va amaliyotini oʻrganish, sud-huquq islohotlarini amalga oshirishning asosiy tendensiyalari va xususiyatlarini aniqlash, xalqaro miqyosda tajriba almashish, vakil boʻlgan mamlakatlarning sud-huquq tizimini rivojlantirishdagi istiqbollarini belgilashdan iboratdir.

Konferensiya yakunida taraflar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda xalqaro standartlarga asoslangan huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tadbir doʻstona va koʻtarinki ruhda oʻtdi.