+998 71 200 02 35

Qarshi shahrida sudlar faoliyatini yoritish masalalari boʼyicha jurnalist va blogerlar uchun oʼquv seminari tashkil etildi

04.08.2021 2287

Interfaol tarzda oʼtgan seminar-trening davomida Yuristlar malakasini oshirish markazi Kasbiy koʼnikmalarni rivojlantirish kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori, professor B. Toshev ishtirokchilarga sud organlarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan oʼzaro hamkorligining huquqiy asoslari, axborot tarqatishda shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish hamda javobgarlik masalalari, sud ishlariga doir materiallarni tayyorlashning muhim jihatlari toʼgʼrisida atroflicha maʼlumot berdi.

Seminar davomida bugungi kunda OАV va sudlarning oʼzaro hamkorligi, yopiq va ochiq sudlar va ularda jurnalist va blogerlarning ishtirok etish tartibi masalalarida soʼz bordi. Shu bilan birga, koʼpchilikni qiziqtirgan sudda ishtirok etish uchun chaqirilgan ishtirokchilar, OАV vakillari hamda blogerlarning soatlab kutish holatlariga oydinlik kiritildi.

Ceminarda jurnalist va blogerlar huquqiy mavzudagi materiallarni yoritishda inson shaʼni, qadr-qimmati va shaxsiy hayot daxlsizligiga ehtiyotkorona munosabatda boʼlishlari zarurligi taʼkidlandi. Аfsuski, bugungi kunda soha vakillari tomonidan mazkur tartib-qoidaga rioya qilmaslik, OАV va ijtimoiy tarmoqlarda insonlarning roziligisiz shaxsiy hayotiga tegishli maʼlumotlarning berilishi jamoatchilikda turli munosabatlar shakllanishiga olib kelmoqda. 

Mutaxassislar tomonidan axborotni uzatayotganda inson shaʼni va ishchanlik obroʼsiga putur yetkazmaslik uchun soʼzlardan ehtiyotkorona foydalanish, sud-huquq tizimiga oid terminlarni toʼgʼri qoʼllash va boshqa masalalar yuzasidan zarur tushunchalar