+998 71 200 02 35

“O‘zkomnazorat” hamda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan xodimlar uchun o‘quv kurslari tashkil qilindi

19.02.2020 3897

“O‘zkomnazorat” Davlat inspeksiyasi hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi hamkorligida markaziy apparat hamda hududiy inspeksiyalar xodimlari uchun videoselektor tarzda joriy yilning 17 – 21 fevral kunlari “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida davlat nazoratini tashkil etish” yo‘nalishida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.

Darslarda Yuridik fanlar doktori, professor B. Toshev “Normativ-huquqiy hujjatlar va idoraviy normativ hujjatlar tushunchasi va ularni ishlab chiqish tartibi” hamda “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda “O‘zkomnazorat” vakolatlari doirasida davlat nazoratini ta’minlash” mavzularida ma’ruza qiladi.

Shuningdek, Yuridik fanlar nomzodlari R. Shakurov va G. Alimov “Ma’muriy huquqbuzarlik holatlarini aniqlash, isbotlash mexanizmi va protsessual hujjatlarini yuritish”, “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jazo qo‘llash tartibi”, “Vakolatli nazorat organi mansabdor shaxslarining javobgarligi va huquqiy oqibatlari” mavzularida turli multimedia materiallari asosida bu borada ustuvor ahamiyatga ega, dolzarb huquqiy ahamiyatga ega tushunchalar xususida darslar o‘tadi.

Manbaa www.gis.uz