+998 71 200 02 35

O'zbekiston va Turkiya davlatlari hamkorligining ustuvor yo'nalishlari

11.06.2024 376

Bugungi kunda O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatda o‘z o‘rniga ega davlatdir.

Ayniqsa so‘ngi yillarda davlatimiz boshqa mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishda o‘z ishlarini jadallashtirdi.

Tarixga nazar solsakda, O‘zbekiston 1992-yildayoq jaxondagi eng nufuzli xalqaro tashkilotlardan biri Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qo‘shildi hamda xalqaro huquqiy meyorlar talablariga rioya qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Hozirda mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli a’zosi hisoblanadi.

Ushbu hamkorliklarni kengaytirishning yorqin namoyondasi sifatida Prezidentimiz tomonidan kuni kecha Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifini amalga oshirganliklarini aytishimiz mumkin.

So‘ngi yillarda mamlakatimizda yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda, shu o‘rinda xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish muhim hisoblanadi.

Xususan, O‘zbeksiton Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Turkiya adliya Akademiyasi o‘rtasida “Ahdlashuv bayonnomasi” Prezidentimiz tashriflari chog‘ida yuqori darajada imzolanganligi bizni juda quvontirdi.

Markaz va Turkiya adliya Akademiyasi o‘rtasida Ahdlashuv bayonnomasini imzolanishidan asosiy maqsad yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishning o‘zaro manfaatli tomonlarini hisobga olgan holda, yuridik mutaxassislar tayyorlash va yuridik xizmatlar sifatini oshirish borasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish hisoblanadi.

Mazkur Ahdlashuv bayonnomasini imzolanishi natijasida Markaz ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan, huquqshunoslarning kasbiy malakasini izchil oshirish, Markaz tinglovchilari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun malaka oshirish va bilimlarini yangilanishiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish.

Shuningdek, Turkiyaning soha bo‘yicha yеtuk xalqaro ekspertlarini o‘quv jarayonlariga muntazam ravishda jalb etilishiga erishish mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, mazkur Ahdlashuv bayonnomasini imzolanishi Turkiya Respublikasi, xususan Turkiya adliya Akademiyasi bilan yanada barqaror hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash hisoblanadi.

Shu o`rinda aytish joizki, joriy yilning 31-may 7-iyun kunlari bank huquqshunoslaridan tashkil topgan Markaz tinglovchilari uchun Turkiyada amaliyot o‘tash kursi tashkil etildi.

Dastlabki malaka oshirish kursi doirasida bankning 10 nafar yuridik xizmat xodimlari Tukiya davlatiga yuborildi. Tashrif davomida tinglovchilar guruhi Istambul moliya markazi (IFC), Prezidentlik moliya ofisi (Istambul), Turkiyaning 2 ta nufuzli banklaridan biri Ziraat va Vakif banklariga hamda Turkiya energetik masalalar bo‘yicha hakamlik markazlariga tashrif buyurishdi. Bank yuridik xizmat xodimlari bilan o‘zaro tajriba almashib, samarali boshqaruv tizimi, inson resurslarini boshqarishning zamonaviy amaliyoti, bank-moliya sohasida karyera va samaradorlikni boshqarish kabi yo‘nalishlarda amaliy tajribalarga ega bo‘lishdi.

Bugungi kunda Yuristlar malakasini oshirish markazi xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslarini tashkil etish imkoniyatiga ega. Bu kabi xorijda malaka oshirish amaliyotlarining joriy etilishi, tinglovchilarda tajriba va bilimlarni mustahkamlash hamda ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoniyatini yaratadi.

Kelgusida mashg‘ulotlarning bir qismi xorijda amaliyot o‘tash shaklidagi malaka oshirish kurslari boshqa tijorat banklari, shuningdek, barcha sohadagi yuridik xizmat xodimlari uchun ham tashkil etib boriladi.

 

 

Yuristlar malaksini oshirish markazi

Xalqaro hamkorlik bo'lim boshlig'i

Abdullayeva Shaxzoda Sobitovna