+998 71 200 02 35

Olti oylik kurslarga qabul boshlandi!

03.10.2025 213

An'anaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi. 

  

Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin. 

  

Hujjatlarni qabul qilish 6-oktabrdan 6-noyabrga qadar qabul.centertsul.uz sayti orqali amalga oshiriladi. 

  

Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.

 

Qabul kvotasi: 100 nafar (faqat o'zbek guruhi uchun); to‘lov-kontrakt miqdori: 16  713 604  so‘m. 

  

Bitiruvchilarga diplom berilib, yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

 

Tel.: (98) 125-73-92

Tel.: (99) 937-04-33