+998 71 200 02 35

“Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash tartibi” va “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti”

31.10.2022 2019

2022-yil 31-oktabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi dotsenti Rafik Shakurov va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi bosh maslahatchisi Timur Safarov tomonidan Adliya organlari va muassasalarining korrupsiyaga qarshi kurashish idoraviy koordinatorlari uchun “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash tartibi” va  “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti” mavzularida  elektiv oʻquv-trening oʻtkazildi.

Mazkur trening davomida ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berildi va ular tomonidan sohani takomillashtirishga oid takliflar bildirildi.