+998 71 200 02 35

Joriy yilning 11-aprel kuni Yuristlar malakasini oshirish markaziga Butunrossiya Davlat Adliya universiteti (Rossiya Adliya vazirligi Rossiya huquq Akademiyasi) boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

11.04.2023 1758

Tashrifdan maqsad -  Butunrossiya Davlat Adliya universiteti notarius-tinglovchilarining  Oʻzbekistonda malakasini oshirish oʻquv tashrifini tashkil etish hisoblanadi.

Butunrossiya Davlat Adliya universiteti delegatsiyasi tarkibi 38 ta Rossiya Federatsiyasi notariuslari hamda Butunrossiya Adliya Universiteti Fuqarolik va tadbirkorlik huquqi kafedrasi mudiri, yu.f.d., professor M.N.Ilyushina hamda Butunrossiya Adliya Universiteti rektori maslahatchisi O.A. Shabarshovalardan tashkil topgan.

Shuningdek, uchrashuvni ikkinchi qismida Butunrossiya Davlat Adliya universiteti kafedra mudiri, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MGU) qoshidagi Markaz rahbari yu.f.d. Yu.S. Xaritonova onlayn maʼruzasini taqdim etdi.