+998 55 518 57 77

Institut xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirmoqda

10.09.2026 51

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Gruziya Adliya ta’lim markazi direktori boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi.

Tashrifning asosiy maqsadi — Institut va Gruziya Adliya ta’lim markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash orqali ikki tomonlama aloqalarning huquqiy asosini yaratish.

Mazkur hamkorlik yuridik kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida o‘zaro tajriba almashish, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda qo‘shma ta’lim tashabbuslarini rivojlantirish uchun muhim imkoniyatdir.

Xalqaro hamkorlikning amaliy ahamiyati — ilg‘or tajribani huquqshunoslar faoliyatiga tatbiq etishga ko‘maklashishdir. Bu esa fuqarolarga malakali huquqiy yordam ko‘rsatish va ularning huquqlarini samarali himoya qilishga xizmat qiladi.