+998 71 200 02 35

Inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati

23.02.2023 1396

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis palatalari va Ozbekiston xalqiga qilgan murojaatida 2023-yilni nomlashda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” taklifni berdi. Bu taklifni izohida Prezident bugungi kunda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini taminlashni ustuvor vazifa etib belgilanganligi, bu siyosat bir yil bilan cheklanib qolmasligi, doimo bardavom bolishligini, aslida ham, bunyodkor xalqimiz, duogoy ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz bizning eng bebaho boyligimiz deya takidladi. Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sogligi joyida bolishi, yaxshi talim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bolsa, hammasini yaratib berishga harakat qilyapmiz va bu yoldan aslo toxtamaymiz deb izohladi.

Inson qadri qachon ulug‘lanadi? Qachonki, uning erkinliklari kafolatlanganligini ko‘rganda, shaxsiy, mulkiy huquqlari davlat tomonidan himoyaga olinganligini sezishni boshlaganda inson o‘zini baxtli, erkin, farovon davlatda yashayotganligini his qiladi. Uchinchi yo‘nalishda eng birinchi e’tibor berish kerak bo‘lgan narsa bu sud-huquq tizimida adolat o‘rnatish haqida bo‘ldi. Shu bilan birga, odil sudlovni ta’minlash bo‘yicha hali qo‘limiz yetib bormagan masalalar bor. Afsuski, hozir ham tergov sifati pastligi, sudlarda odamlarning ovoragarchiligi, sud qarorlari ijro etilmay qolayotgani bilan bog‘liq holatlar uchrayotganligi murojaatnomada kamchilik sifatida e’tirof etildi. Bunga mas’ul bo‘lgan shaxslar Oliy sud raisi va Bosh prokuror bevosita tilga olindi va ularni bunday muammolar tashvishga solishi kerakligi ta’kidlandi. Inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda sudlov tizimimizda eng birinchi “oqlovchi” deb bizga tanish soha advokatlar ko‘z oldimizga keladi, aynan ular uchun hozirgi kunda yo‘lga qo‘yilayotgan davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan advokatlarni elektron tanlash tizimi ishga tushirilmoqda. Murojaatnomada qisqa muddatda huquq-tartibot idoralarini yangicha ishlashga o‘rgatadigan, odil sudlov sifatini oshiradigan tizim yaratish va bu masalada alohida Farmon imzolanishi ta’kidlandi. Bu bilan eng avvalo, odamlarimizning joylarda sudma-sud sarson bo‘lib yurishlariga barham beriladi. Buning uchun adolatli hukm va qaror chiqarish bo‘yicha viloyat sudlarining vakolati ham, mas’uliyati ham oshiriladi.

Tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o‘tkazilib, tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni xatlab qo‘ya olmaydi. Darhaqiqat, xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish bo‘yicha hozirgi ancha ish qilinmoqda. Murojaatnomada bundan buyon mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali bo‘lishligi alohida aytib o‘tildi.

Tergov jarayonlarini tartibga solishda tergov sifatini oshirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rishlik, tergov shaxsni ayblash uchun emas, jinoyatni fosh etish orqali haqiqatni aniqlash uchun ishlashi kerak, shu bilan birga, sudda ishlarni ko‘rishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus o‘qitiladi, ishni sudda ko‘rishda xolis, mustaqil bo‘lishi qonun bilan belgilanadi. Odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko‘rib chiqishlik, yetmaydigan vakolatlar berishligi, advokatga jinoyat ishi qo‘zg‘atish va tugatish haqidagi qarordan nusxa berishli haqida so‘z bordi. Endi sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachining fikri bilan birga qabul qilinadi. Ayblanuvchining himoyachidan voz kechishi bo‘yicha har bir holat prokuror, sud tomonidan sinchiklab o‘rganiladigan tizim joriy qilinadi. Oxirgi paytlarda ayrim vaqtincha ushlab turish joylarida inson huquqlari buzilishi bo‘yicha og‘riqli masalalar ko‘tarilmoqda. Bizning yurtimizda bunday holatlar umuman bo‘lishi mumkin emas. Kim bunga amal qilmasa, qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘ladi. Shu bois, bunday joylarga olib kelingan barcha shaxslarni hisobga olishning onlayn tizimi joriy etiladi va yuzni tanish uskunasi o‘rnatiladi.

Hech kimning unutishga haqqi yo‘q – qonun talablari va inson huquqlari – biz uchun oliy qadriyat. Bosh prokuror va Ichki ishlar vaziri bu haqiqatni har bir xodimiga yetkazib, ta’sirchan nazorat o‘rnatishi shart. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ma’muriy sudlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqamiz. Ma’muriy sudlarga hokim qaroridan norozi bo‘lib murojaat qilingan taqdirda, ishlarni eksterritorial tartibda, ya’ni boshqa hududda ham ko‘rish amaliyoti joriy qilinadi. Vazirlar ham, hokimlar ham bir haqiqatni yaxshi tushunib olishi kerak: O‘zbekistonda mulk va investitsiyaning himoyachisi qaysidir hokim yoki vazir emas, faqat Konstitutsiya, qonun va sud bo‘ladi. Bu borada Xalqaro tijorat sudini O‘zbekistonda tashkil qilish bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlandi. Murojaatnomada yuqoridagi barcha tashabbuslarni Konstitutsiyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhrlab qo‘yishlik lozimligi aytildi.

Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlariga eng katta to‘siqlardan biri bu jamiyatda tarqalgan korrpusiya illati hisoblanadi. Prezident murojaatnomada shunga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. O‘tgan ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyaga doir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortildi. Lekin, ochiq aytish kerak, bu – masalaning sababi bilan emas, oqibati bilan kurashish. Deputat va senatorlar, mahalliy kengashlar ham bong urib, aniq sohalarni tahlil qilib, korrupsiyani bartaraf etish bo‘yicha faol bo‘lishlari kerakligi aytildi. Har bir deputat o‘zining okrugidagi byudjet hisobidan bo‘layotgan qurilishlar, yo‘llarni, har oyda borib ko‘rsa, buyurtmachi va pudratchidan sifatni talab qilishligi ta’kidlandi. Buning uchun ularda yetarli vakolat ham, shijoat ham bor. Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida alohida qonunlar qabul qilinib, huquqiy asoslar yaratildi. Endi amaliy ishlarni kuchaytirish kerak. Sun’iy monopoliyaga, yopiq sxemalarga, umuman korrupsiyaga imkon yaratadigan barcha bo‘shliqlarga barham berilishligi murojaatnomada Prezidentimiz alohida ta’dilab o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, Murojaatnoma bugungi kunda dolzarb bo‘lgan inson qadri va erkinliklarini ulug‘lashga, kelajak avlod uchun sifatli ta’limni joriy etishga, korrupsiyasiz jamiyatni yaratishga, tadbirkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ekologiya, global muammolarni hal etishga va xalqimiz orasida milliy totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan muhim hujjat bo‘ldi.

Yuristlar malakasini oshirish markazi ARM mudiri

 N.Karimova