+998 71 200 02 35

#hamkorlik

28.07.2022 1643

Yuristlar malakasini oshirish markazida 2022-yil 28-iyul kuni “Davlat organlari va ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi ta’lim va halollik tizimini kuchaytirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “KPMG Audit” (Oʻzbekiston) auditorlik kompaniyasi va uning xorijiy ekspertlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda Markazning Uzluksiz kasbiy ta’lim platformasida davlat organlari va idoralari xodimlari uchun maxsus “Korrupsiya va komplayens nazorat” yoʻnalishida oʻquv kursini yaratish, ushbu oʻquv kursi uchun zarur boʻlgan oʻquv-uslubiy materiallar (oʻquv dasturlari, oʻquv-uslubiy majmular va h.k.) tayyorlash masalalari kelishib olindi.