+998 71 200 02 35

Farmon mazmun-mohiyati yuzasidan vebinar tashkil qilindi

27.06.2024 198

Yuristlar malakasini oshirish markazi uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi orqali malaka oshirayotgan Adliya vazirligi tizimi xodimlari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmonining mazmun va mohiyati” mavzusida vebinar tashkillashtirildi.

Mazkur vebinar “Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish” kafedrasi mudiri X.Fayziyev, kafedra katta o‘qituvchisi Z.Raxmonov hamda katta o‘qituvchi Sh.Jumayevlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Unda Farmonning mazmun-mohiyati, yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni keng joriy etish borasida qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.