+998 71 200 02 35

FARGʻONA VILOYATI ADVOKATLARI UCHUN SAYYOR OʻQUV KURSLARI BOSHLANDI

18.04.2022 2157

Yuristlar malakasini oshirish markazi Fargʻona viloyati  hududiy filialida advokatlar uchun 12 kunlik  SAYYOR malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Mashgʻulotlarga Markazning yetakchi professor-oʻqituvchilari bilan bir qatorda amaliyotchi mutaxassislar va taniqli ekspertlar jalb qilingan.

Jumladan,  Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Fargʻona viloyati boshqarmasi, Fargʻona viloyati prokuraturasi, Advokatlar palatasining viloyat hududiy boshqarmasi,  X.Sulaymonova nomidagi RSEMning Fargʻona viloyati filiali mutaxassislari hamda  Fargʻona viloyati Jinoyat ishlari boʻyicha sudi, Fargʻona viloyati Fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, Fargʻona viloyati Ma’muriy sudi sudyalari jalb etilgan.