+998 71 200 02 35

Davlat organlari va tashkilotlari yuriskonsultlari uchun ochiq dars tashkil etildi

24.04.2024 727

Yuristlar malakasini oshirish markazida malaka oshirayotgan davlat organlari va tashkilotlari yuriskonsultlari uchun "Xususiy-huquqiy fanlar" kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Raximberganova tomonidan "Ishga tiklash haqidagi nizolarni sudda ko‘rishning alohida xususiyatlari" mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda "Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish kafedrasi " professor-o‘qituvchisi X.Fayziyev va boshqa o‘qituvchilar ishtirok etishdi

Dars-mashg‘ulotlari muhokamalar, erkin fikr almashish tarzida olib borildi hamda tinglovchilarga:

  • mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik;
  • mehnatni muhofaza qilish:
  • mehnat shartnomasini qo‘llash:
  • ishga tiklash haqidagi nizolarni sud tartibida ko‘rish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.