Unda Adliya vazirligi mas’ullari hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi rahbariyati, BMT Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasi vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Markazning “Uzluksiz kasbiy ta’lim platformasi” taqdimoti hamda Davlat xizmatlari markazlari xodimlarini kredit- modul platformasida malakasini oshirish yuzasidan suhbat oʻtkazildi.