+998 71 200 02 35

Sud-huquq sohasidagi islohotlar inson qadrini yuksaltirishdagi o‘rni

26.03.2024 1298

 

O‘tgan qisqa davrda O‘zbekistonda barcha sohalar qatori sud-huquq yo‘nalishida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilindi. Unda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida ko‘rilgan kompleks chora-tadbirlar tom ma’noda sud-huquq sohasidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xususan, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilandi. Yagona sud amaliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadida Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirildi.

Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini taminlash maqsadida davlat organlari qarorlari va mansabdor shaxslarining gayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan beriladigan shikoyatlarni, yani ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni korib chiqishga vakolatli mamuriy sudlar tashkil etildi.

Sudlar tuzilmasi ham zamon talablariga mos ravishda takomillashtirilib, viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari, jinoyat ishlari boyicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatiy ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda viloyat darajasidagi umumyurisdiksiya sudlari tashkil etildi.

Investorlar huquqlarini sud orqali himoya qilishning samarali tizimini yaratish maqsadida protsessual qonunchilikka iqtisodiyot sohasida investorlar hamda davlat organlari ortasidagi investitsiya shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar va raqobatga oid ishlarning sudlovga taalluqliligiga oid normalar kiritilib, yirik investorlarga taalluqli nizolar va raqobatga oid ishlar, taraflarning xohishiga kora, Oliy sudning investitsiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni korish boyicha sudlov tarkibi tomonidan korilishi mumkinligiga oid tartib belgilandi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boyicha oliy malaka komissiyasi tugatilib, sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va Ozbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini taminlashga komaklashadigan Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yollagan navbatdagi Murojaatnomasida takidlanganidek, songgi 4 yil davomida sud-huquq sohasini isloh etish borasida dadil qadamlar qoyildi. Bu yonalishdagi ustuvor masalalar yuzasidan 40 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish borasida strategik ahamiyatga ega muhim qadam tashlandi.

Jumladan, sudlar mustaqilligini taminlash maqsadida, Sudyalar oliy kengashi tashkil qilindi. Shuningdek, Oliy sud va Oliy xojalik sudi birlashtirilib, Oliy sud faoliyati takomillashtirildi. Hududlardagi xojalik sudlari iqtisodiy sudlar sifatida qayta tashkil etildi, 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudiga ishlarni birinchi instansiyada korib chiqish vakolati berildi. Sudya lavozimida faoliyat yuritishning ilk marotaba besh yillik, keyin on yillik muddati va muddatsiz davri belgilandi. Sudlarning oz moliyaviy, moddiy-texnik masalalarini mustaqil hal qilish boradagi vakolatlari adliya organlaridan olinib, Oliy sudga otkazildi. Sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergovga qaytarish instituti bekor qilindi. Shaxsning jinoyat sodir etishdagi aybdorligi faqat sud muhokamasida o‘z isbotini topgan dalillarga asoslanishi kerakligi qat’iy belgilab qo‘yildi. Qiynoqqa solish, ruhiy, jismoniy bosim o‘tkazish va boshqa zo‘ravonlik holatlari qat’iyan taqiqlandi.

Sudda ishlarni ko‘rib chiqishda inson huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va taraflarning tortishuvchanlik tamoyilini ro‘yobga chiqarish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda dastlabki eshituv instituti joriy etildi. Sudlar faoliyatining shaffofligi, ochiqligi yo‘lida 10 mingdan ortiq jinoyat ishi sayyor sud muhokamalarida ko‘rib chiqildi. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash va dastlabki tergovning eng yuqori muddatlari kamaytirildi.

Sudyalikka nomzodlarni tanlov asosida ishga qabul qilish mexanizmi joriy etilgani alohida e’tirofga loyiq. Ilk bor sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha imtihon jarayonlarini onlayn yoritib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni ko‘rib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi. Albatta, malakali va yetuk sudyalar korpusini hamda sud apparati xodimlarini tayyorlashning yangi tizimi jamiyatda sud idoralariga bo‘lgan ishonchni oshirish, adolat barqarorligi va qonun ustuvorligini ta’minlash, tom ma’noda sudni “Adolat qo‘rg‘oni”ga aylantirish hamda odil sudlovning yuqori darajaga ko‘tarilishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlar faqat iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Prokurorlarning barcha iqtisodiy sud majlislarida ishtirok etish huquqi bekor qilindi. Endi, bundan buyon prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning da’vo arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin.

Yana bir e’tiborga molik jihat shundaki, sud ishlarini yuritishda nazorat instansiyasi tugatildi. Sud tizimida ortiqcha sud bosqichlarini bekor qilish orqali “Bir sud – bir instansiya” tamoyili, shuningdek, tumanlararo sudlarning qarorlarini viloyat sudlari tomonidan, viloyat sudlarining birinchi instansiya sudi sifatida chiqargan qarorlarini esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’ati tomonidan apellyatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda sud-huquq sohasi isloh etilib, sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi. Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustunligiga asoslangan huquqiy tizim shakllandi.

Ayniqsa soʻnggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali taʼminlash hamda sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlash boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

  Mamlakatimizda barcha soxalarda olib borilayotgan oʻzgarish va isloxotlar, avvalo inson manfaati, uning orzu-umidlari, ezgu niyatlarini roʻyobga chiqarishdek xayrli maqsadga xizmat qilmoqda. Bu inson huquqlari ustuvorligi, har bir shaxsning davlat himoyasida ekanligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy prinsiplarini amalga oshirishni kafolatlashga qaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilish, qonun ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan islohotlar 2021-yilda ham izchil davom ettirilishi belgilandi.

Murojaatnomada muhtaram Prezidentimiz “Adolat bu – davlatchilikning mustahkam poydevoridir. Adolat va qonun ustuvorligini taʼminlashda esa sud hokimiyati hal qiluvchi oʻrinni egallaydi” deb ta'kidladi.

2021-yildan boshlab joriy etiladigan “bir sud – bir instansiya” tamoyili sud qarorlarining adolatli, qonuniy va barqarorligini taʼminlashda bosh mezon boʻlishi koʻrsatib oʻtildi.

Mazkur tamoyilning qonunchiligimizga joriy etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6034-sonli Farmoni bilan belgilangan edi.

Ushbu islohotlar mamlakatning sud-huquq tizimi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini bermoqda.

Fan, innovatsiya va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish
bo‘limi bosh mutaxassisi
S.Abduxoliqov