+998 71 200 02 35

Advokatlik faoliyatida stressga chidamlilikni rivojlantirish

29.04.2024 138

«Ommabop qarashlardan farqli o‘laroq, biz stressdan qochmasligimiz kerak va qocha olmaymiz ham.  Ammo biz uning mexanizmini yaxshiroq bilib, tegishli hayot falsafasini ishlab chiqsak, undan foydalanishimiz va zavqlanishimiz mumkin».
Gans Sele Bruno

Zamonaviy sharoitda faoliyatning samaradorligi ko‘p jihatdan odamning stressga chidamlilik  qobiliyatidan kelib chiqadi. Bu stressning oldini olish va stressga chidamliligini oshirish muammosining dolzarbligini belgilaydi. Psixologik salomatlikni saqlash, shu jumladan stressga chidamlilikni shakllantirish va rivojlantirish  psixologiyaning muhim vazifalaridan biridir. Stressning o‘zi hayotimizning tabiiy qismidir va deyarli har qanday kasb stress bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Advokatning sotsionomik kasblardagi subyekt-subyekt (inson-inson)kasblariga taalluqli faoliyati ijtimoiy-psixologik talablarning kuchayishi sharoitida amalga oshiriladi, ko‘pincha  psixo-emotsional va intellektual stressni, hissiy, jismoniy, aqliy zo‘riqish ,charchoqni keltirib chiqaradi. Shuningdek tegishli huquqiy qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish uchun psixikaning yuqori darajadagi plastikligi, egiluvchanligi, yuqori emotsional intellekt, stressga chidamlilik va huquqiy mobillikka ega bo‘lish, mavjud vaziyatni yetarli darajada baholash va uning keyingi rivojlanishini bashorat qilish va psixo-emotsional salomatlikni saqlash uchun advokatlar stressga chidamlilik  ko‘nikmalarini rivojlantirishlari kerak.

 Stress har bir inson hayotida bo‘ladi, stressni boshqarish uchun uning sabablarini bilish va anglay olish, uning salbiy oqibatlarni ko‘ra bilish lozim. Inson ruhiyati shunday tuzilganki, har bir qo‘zg‘atuvchi darhol o‘z javobini oladi. Stress shakllarining murakkabligi va xilma-xilligi ushbu holatni o‘rganishga yondashuvlarning xilma-xilligini belgilaydi. Stress - bu asab va endokrin tizimlar faoliyatining o‘zgarishi orqali amalga oshiriladigan stressorga universal, o‘ziga xos bo‘lmagan psixofiziologik va neyrogormonal reaksiya javob Birinchi marta "stress" atamasini fiziologiya va psixologiyaga Uolter Kennon tomonidan kurashish yoki qochish universal reaksiya bo‘yicha klassik asarlarida kiritilgan.

 "Stress - bu odamning stressli vaziyatda oqilona va maqsadga muvofiq harakat qila olmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy (hissiy) va xulq-atvor buzilishining holati "Stressga javob berish orqali organizm stress omillari ta’sirida buzilgan muvozanatni tiklashga xarakat qiladi, inson tanasi kun, hafta, yil davomida tabiiy sikllik ritmlariga ega va ular buzilganida stress yig‘ilib qoladi.

 Stress omillari, ya’ni kuchli tashqi stimullar ichki muvozanatni buzadi. Tana o‘ziga xos bo‘lmagan fiziologik qo‘zg‘alish bilan yoqimli yoki yoqimli bo‘lmagan har qanday stress omiliga javob beradi. Bu reaksiya bu himoya va moslashuvchanlik. Organizm stressni oldini olish va to‘xtatish moslashish qobiliyatlarining cheklangan zaxiralariga ega, ularning charchashi  kasallik va o‘limga olib kelishi mumkin. Inson salomatligining sifatini saqlab qolishi va shu bilan birga kasbiy faoliyatidagi vazifalarini yuqori darajada sifatli ko‘rsatishi uchun stressga chidamlilik ko‘nikmalarini rivojlantirishi lozim.

            "Stressga chidamlilik" atamasi hissiy barqarorlik, stressga psixologik qarshilik, stressga chidamlilik, umidsizlikka chidamlilik kabilarni anglatadi va boshqalar. Bir qator umumiy tavsiyalar mavjud bo‘lib, ularga rioya qilish stressga chidamlilik darajasini kuchaytiradi va stressni muvaffaqiyatli bartaraf etishiga yordam beradi: muvozanatli ovqatlanish, yaxshi uxlash, ishdan dam olish, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, aqliy va jismoniy mashqlarning  almashinuvi, uy va ish o‘rtasidagi muvozanatni o‘rnatish, hayotga ko‘tarinki ruhiyat bilan nazar solish, kutuvlarga real qarash, o‘zgarishlarni adekvat tarizda boshqarish, o‘z o‘zini refleksiya qilish, stressning zo‘riqtirish darajasi bo‘yicha kuzatish, monitoringini olib borish, o‘zgalar yordamidan, o‘zini o‘zi boshqarish uchun mashqlardan foydalanish.

            Stressga chidamlilikni rivojlantirish strategiyalari tashqi va ichki omillarga suyangan holda rivojlantiriladi, ichki omillar(yaqin insonlarning hissiy qo‘llab - quvvatlashlarida, o‘zini jamoaning bir qismi sifatida his qilish; ijtimoiy o‘ziga xoslik) va tashqi omillar(ijobiy o‘zini qabul qilish va ijobiy o‘ziga bo‘lgan munosabat, shaxsiy da’volar va yutuqlarning muvofiqligi, hayot mazmunini, qo‘yilgan maqsadlarga erishishga bo‘lgan ishonchni his qilish, yaxshi sog‘lik egasi bo‘lish, chidamlilik, iroda, ma’suliyatni o‘z zimmasiga olish, stressni konstruktiv boshqarish, tabiat qo‘yniga chiqish, art terapiya mashqlarini muntazam ravishda bajarish)resurslar. Stressga chidamlilikni rivojlantirish, psixologik barqarorlik ham muhim, stressli vaziyatlarni boshqarish qobiliyati, murakkab ekstremal vaziyatlarda xotirjamlikni saqlash, ichki uyg‘unlik, o‘zini ijobiy idrok etish, shaxsiy da’volar va yutuqlarning muvofiqligi, hayotning ma’nosini anglash, sevimli ish bilan shug‘ullanish va odamlarga nisbatan do‘stona munosabat, shuningdek ichki (shaxsiy) va tashqi (shaxslararo, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash) resurslar psixologik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

Biz qanday faoliyatda bo‘lmaylik, avvalo, stress mexanizmini yaxshiroq bilib, stressga nisbatan sog‘lom reaksiya va kopping strategiyalarni, tegishli hayot falsafasini ishlab chiqsak, undan foydalanishimiz va zavqlanishimiz mumkin.    

             Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish
                                                           kafedrasi o‘qituvchisi
Dilbar  Xojimuxamedova.