+998 71 200 02 35

"YURIDIK AUDIT"

01.05.2024 1223

 

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining malakali professor-o'qituvchilari va tajribali amaliyotchilar tomonidan Sizning korxonangiz faoliyatida yuritiladigan hujjatlar yoki imzolanadigan bitimlarning amaldagi qonunchilikka va sud amaliyotiga muvofiqligi har tomonlama huquqiy tahlil qilinib, uning natijasiga ko'ra, korxonangizda faoliyat yuritayotgan mas'ul xodimlarning bilimi va malakasini oshirish bo’yicha maxsus o‘quv kursalari tashkil etiladi.

BUNDA: korxonangiz faoliyati va hujjatlari amaldagi qonunchilikka muvofiqligini tahlil qilamiz hamda ishni to'g'ri tashkil qilish bo'yicha mas'ul xodimlaringiz malakasini oshiramiz.

 -Keling, korxonangizning to'g'ri va qonuniy faoliyat yuritishi uchun zarur barcha hujjatlarni tartibga solaylik!


Kompleks huquqiy audit va xodimlar malakasini oshirish quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi:

1. Korxonadagi korporativ vaziyatning huquqiy tahlili bo'yicha:

-korxonani tashkil etish bilan bog'liq hujjatlarni va boshqa ichki korporativ hujjatlarni tahlil qilish;

-ta’sis hujjatlarining mazmuni va ularning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi nuqtai nazaridan o'rganish;

-aksiyalarni chiqarish va joylashtirish masalalari, aksiyalarni (ulush) sotib olish va mulkchilikning qonuniyligi;

-boshqaruv organlarining tuzilishi, ularning vakolatlari, umumiy yig'ilishlar qarorlarining qonuniyligi tahlili natijalariga ko'ra tegishli xodimlar malakasi oshiriladi.

 

2. Korxona faoliyatida huquqiy auditi bo'yicha: 

-korxona faoliyati va ish yuritish tartibining qonuniyligi tahlili;

- faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar, sertifikatlar va maxsus ruxsatnomalar olish zaruratini o'rganish natijalariga ko'ra tegishli xodimlar malakasi oshiriladi.


3. Shartnoma amaliyotining huquqiy tahlili bo'yicha: 

-korxonaning ilgari imzolangan shartnomalari hamda yangi shartnoma loyihalarini huquqiy baholash;

-shartnoma loyihasining mazmunini baholash;

-kontragent bilan shartnomaning muhim shartlarini kelishish jarayonining tahlili;

-kontragentlar tomonidan majburiyatlarni bajarmaslik hamda ular tomonidan da’vo arizalarini berish xavfining tahlili natijasiga ko'ra tegishli xodimlar malakasi oshiriladi;


4. Boshqaruv tizimi va mehnat munosabatlari bo'yicha: 

-korxona ichidagi mehnat va boshqa munosabatlarni tartibga soluvchi korxonaning ichki hujjatlari, uning tarkibiy bo'linmalari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarning tahlili;

-mehnat shartnomalari va ichki hujjatlarning tahlili, ularning mehnat qonunchiligi tahlili;

-korxonada shaxsiy ma’lumotlar to'g'risidagi qonun hujjatlari qoidalariga muvofiqligini tahlili va ularni qonun talablariga muvofiqlashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

-mehnat munosabatlarini tahlil qilish va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nizolarni aniqlash borasidagi ishlar tahlili natijasiga ko'ra tegishli xodimlar malakasi oshiriladi;


5. Nizolarni o'rganish:

-korxona ishtirokida yuzaga kelgan turli nizolarni tahlil qilish;

-nizolarni hal qilish variantlarini ishlab chiqish;

-nizolarni tashkilot foydasiga hal qilish istiqbollarini aniqlash borasida tegishli xodimlar malakasi oshiriladi;


6. Mulk va boshqa mulkiy huquqlarning auditi bo'yicha: 

-korxonaning ko'chmas va ko'char mulkdan foydalanishi uchun qonuniy asoslar mavjudligining tahlili;

-mulk huquqining vujudga kelish asoslari;

-korxona mulkiga nisbatan uchinchi shaxslarning da’volari mumkin bo'lgan holatlarni aniqlash faoliyati bo'yicha tegishli xodimlar malakasi oshirilad.

 

*Yuridik audit axborotning maxfiyligi prinspiga qat'i amal qilgan holda amalga oshirilishi kafolatlanadi.

 Batafsil ma'lumot uchun:

+998 71 234 53 46

+998 91 191 47 84