Atlas matosi goʻzalligi, qadimiyligi, betakrorligi, dunyoning hech qaysi chekkasida uchramasligi bilan qadrlidir.
Xon atlas – eng yorqin ranglar tabiat jilosi, gullar tasvirini oʻzida mujassam etgan oʻzbek milliy matosi hisoblanadi.
“Xon atlas” milliy matolar festivali doirasida Yuristlar malakasini oshirish markazida “Sheʼriyat soati” oʻtkazildi. Markazimizning goʻzal va lobar ayollari milliy liboslarimiz atlas va adraslarda oʻzbek sheʼriyatining yirik namoyondalari A.Navoiy, Bobur, E.Vohidov, Muhammad Yusuf va A. Oripov ijodidan gʻazal va sheʼrlar oʻqib berishdi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad ham milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga tutash boʻlgan oʻtmishi, urf-odati va anʼanalari, didi, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etishdan iborat boʻldi.