Joriy yilning 17-iyul kuni UNISEFning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi mutaxassisi S.Axayeva, xalqaro eksperti F.Shayn (Buyuk Britaniya) hamda Markaz mutaxassislari ishtirokida “Huquqiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan bolalarga do‘stona va gender nuqtai nazaridan huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha advokatlarni o‘qitish” distantsion kursini ishlab chiqish va taqdim etish loyihasini amalga oshirish masalalari muhakamsiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda bola huquqlari bo‘yicha o‘quv kursi loyihasi hamda mazkur o‘quv kursini distantsion shaklda amaliyotga joriy etishda Markaz tomonidan joriy etilgan standartlar asosida taqdim etilishi masalasi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.