O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish va ularga psixologik ko‘mak ko‘rsatish masalasi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. So‘nggi yillarda bu borada huquqiy, ijtimoiy va psixologik mexanizmlar kuchaytirildi. Xotin-qizlar huquqlari haqida gap ketganda, nafaqat bu huquqlarni ta’minlash haqida, balki bu muammo qay darajada dolzarbligini tushuntirib borish ham muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda 2021 yilda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 40 mingga yaqin xotin-qizga himoya orderi berilgan. Afsuski, bu zo‘ravonliklarning 87 foizi oilalarda sodir etilgan. Bu borada quyidagi raqamlarning o‘zi katta ma’noga ega: 2021 yida ichki ishlar organlariga xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 39 343 ta murojaat kelib tushgan va shuncha xotin-qizni himoya qilish maqsadida himoya orderlari rasmiylashtirib berilgan.
Zo‘ravonlikka uchragan ayollarning juda kam qismi tegishli joyga murojaat qilishi, ularning aksariyati qo‘rquv va boshqa sabablar bilan tazyiqlarga toqat qilishga majbur ekanini inobatga olsak, haqiqiy raqamlar bundan ancha yuqoriligini anglash mumkin.
Guruhlarga bo‘linganda: 106 ta jinsiy, 234 ta iqtisodiy, 18 777 ta ruhiy, 13 658 ta jismoniy zo‘ravonlik hamda 7 174 ta tazyiq holatlari aniqlangan. Eng yomoni, zo‘ravonlik holatlarining 34 330 tasi yoki 87 foizi oilada sodir etilgan.
Zo‘ravonlik quyidagi shakllarda ro‘y berishi mumkin
jismoniy zo‘ravonlik – jismoniy harakatlar orqali yoki shunday tahdidlar bilan xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligiga xavf solish;
jinsiy zo‘ravonlik – xotin-qizlarga nisbatan ularning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish.
iqtisodiy zo‘ravonlik – xotin-qizlarning normal yashash va kamol topish uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlanishga bo‘lgan huquqini, mulk huquqini, ta’lim olish hamda mehnatga oid huquqini amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat (harakatsizlik);
ruhiy zo‘ravonlik — xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish kabilar.
tazyiq — biror turdagi javobgarlikka sabab bo‘lmaydigan, biroq xotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakat (harakatsizlik), shilqimlik.
Agar ushbu ta’riflardagi holatlardan biri yuz bersa, demak, zo‘ravonlik yoki tazyiq sodir bo‘lgan deb hisoblanadi.
Oldingi yilgidan ko‘proq himoya orderi murojaatchi vaziyati o‘rganilib, profilaktika inspektori tomonidan 24 soat ichida 1 oy amal qiluvchi muddatga beriladi. Bu payt davomida order olgan shaxs himoyada bo‘ladi va unga nisbatan nojo‘ya harakat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ayollar reabilitatsiyasini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Qahhorovning ma’lumot berishicha, 2021 yilning birinchi 3 oyida 11 070 ta himoya orderi berilgan bo‘lsa, 2022 yilning birinchi 3 oyida 13 849 ta odamga himoya orderi berilgan.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid prezident farmonida himoya orderi sud qarori bilan bir yilga berilishi mumkinligi belgilandi. Hozir tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Qonunchilikni takomillashtirish orqali ayollar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritib kelmoqda.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 23-avgustda maʼqullangan, bir yilda taxminan 40 mingga yaqin ayol zo‘ravonlik va tazyiqqa uchrab himoya orderi olishga majbur bo‘lyapti, ularning 87 foizi o‘z yaqinlari jabridan panoh so‘ragan.
Mazkur qonun O‘zbekistonda xotin-qizlarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda davlat kafolatlarini belgilashga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.
Xorij tajribasi amaliyotga tadbiq etiladi
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyo bo'yicha xotin-qizlar umumiy sonidan 35 foizi, ya'ni har uchinchi zo'ravonlikka duch kelmoqda. Bu degani, ushbu muammo jahondagi hech bir mamlakatni chetlab o'tmagan, u xoh rivojlanayotgan yoki uchinchi dunyo davlati bo'lsa ham. Shunga yarasha, bu muammoni bartaraf etish yo'nalishida ko'pgina mamlakatlar o'ziga xos tajriba to'plaganlar. Bunda asosiy tamoyil – davlat va nodavlat tuzilmalarining jamoatchilik bilan doimiy aloqada bo'lishidan iborat. Chunki zo'ravonlik har qanday jinoyat kabi, ogohlik va shaffoflikdan “qo'rqadi”, zo'ravonning xatti-harakatlari jamiyat tomonidan qoralanishi esa uni to'xtatishning eng samarali yo'li.
Shu jihatdan O'zbekiston ham turli mutasaddi tuzilmalar va jamoat tashkilotlarini hamda keng jamoatchilikning bu yo'nalishdagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi xorijiy tajribadan foydalanmoqda. Bu ayniqsa tegishli yo'nalishda qabul qilinayotgan me'yoriy-huquqiy hujjatlarning ustida ishlashda yaqqol namoyon bo'lmoqda.
Shuningdek, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish yo'nalishida ham yangi tajribalar qo'llanilmoqda. Bu ham juda muhim, chunki xuddi o'sha himoya orderi yoka boshqa imkoniyatlardan foydalanish uchun ham zo'ravonlikka duch kelayotgan xotin-qizlar ular haqida bilishlari lozim. Shundagina ular o'z huquqlarini ro'yobga chiqara oladilar.
Shu o'rinda huquq-tartibot organlari vakillaridan tashkil topgan Ishchi guruh tomonidan xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish borasida Turkiya davlati tajribasi o'rganildi. Ma'lum bo'lishicha Turkiya davlatida qo'l telefonlari uchun maxsus “SOS-tugma” mobil ilovasi yaratilgan. Turkiya davlatida mazkur mobil ilovasidan ayollar va voyaga yetmagan bolalarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishda samarali omil sifatida foydalanib kelinmoqda. Bugungi kunda tegishli mutasaddi tashkilotlar bizning yurtimizda ham ushbu loyihani tadbiq etish bo'yicha amaliy ishlar olib bormoqdalar.
Psixologik yordamning ahamiyati va asosiy maqsadlari
Psixologik yordam — bu insonning ruhiy salomatligini tiklash, mustahkamlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan professional ko‘makdir. Ayniqsa, zo‘ravonlik, kuchli stress, yaqin insonni yo‘qotish yoki boshqa og‘ir hayotiy vaziyatlarga duch kelgan shaxslar uchun psixologik yordam nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi globallashuv va tezkor hayot sharoitida ruhiy zo‘riqishlar ko‘payib borayotgan bir paytda, psixologik xizmatlar jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylanmoqda.
Ruhiy salomatlik insonning fikrlashi, his-tuyg‘ulari va xulq-atvoriga bevosita ta’sir qiladi. Agar inson ruhiy jihatdan barqaror bo‘lsa, u hayotdagi qiyinchiliklarni yengilroq qabul qiladi, muammolarga oqilona yechim topa oladi va atrofdagilar bilan sog‘lom munosabat o‘rnatadi. Aksincha, doimiy stress, qo‘rquv va tushkunlik insonning ish faoliyati, oilaviy hayoti hamda ijtimoiy aloqalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Psixologik yordam ana shu salbiy holatlarning oldini olish yoki ularni bartaraf etishga xizmat qiladi. Mutaxassis bilan suhbat jarayonida inson o‘z his-tuyg‘ularini erkin ifoda etadi, ichki ziddiyatlarini anglaydi va ularni hal qilish yo‘llarini topadi.
Zo‘ravonlik, ajralish, ishsizlik, jiddiy kasallik yoki yaqin insonni yo‘qotish kabi vaziyatlar inson ruhiyatiga kuchli zarba beradi. Bunday paytda odam o‘zini yolg‘iz, tushkun va ojiz his qilishi mumkin. Agar vaqtida professional yordam ko‘rsatilmasa, bu holat uzoq davom etuvchi depressiya, xavotir buzilishlari yoki boshqa ruhiy muammolarga olib kelishi ehtimoli mavjud.
Psixologik yordamning asosiy maqsadlari. Psixologik yordamning asosiy maqsadi — insonning ichki resurslarini faollashtirishdir. Har bir shaxs muammolarni yengib o‘tish uchun ma’lum ichki kuch va imkoniyatlarga ega. Psixolog ana shu resurslarni aniqlash va rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Jamiyat taraqqiyotida psixologik xizmatlarning roli. Sog‘lom jamiyat sog‘lom shaxslardan tashkil topadi. Agar insonlar ruhiy jihatdan barqaror bo‘lsa, oilalarda totuvlik, ish joylarida samaradorlik va jamiyatda ijtimoiy barqarorlik mustahkamlanadi. Shu sababli psixologik xizmatlarni rivojlantirish, aholining psixologik savodxonligini oshirish va muammolarni yashirmasdan mutaxassisga murojaat qilish madaniyatini shakllantirish muhimdir.
Psixologik yordam — bu faqat muammoni hal qilish emas, balki insonning ichki dunyosini boyitish, ruhiy barqarorligini mustahkamlash va hayot sifatini yaxshilash jarayonidir. Og‘ir vaziyatlarda o‘z vaqtida ko‘rsatilgan professional ko‘mak insonning kelajakdagi hayot yo‘lini ijobiy tomonga o‘zgartirishi mumkin. Shunday ekan, ruhiy salomatlikka befarq bo‘lmaslik va zarurat tug‘ilganda psixologga murojaat qilish — har bir insonning ongli tanlovidir.
Marketing va buyurtmachilar bilan aloqalar bo‘limi.
Katta mutaxassis: M. Ruzimuxamedova


