+998 71 200 02 35

Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasida sayyor amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

23.11.2022 1460

Yuristlar malakasini oshirish markazi O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan hamkorlikda notariuslar malaka oshirish o‘quv mashg‘ulotlarining qiziqarli o‘tishi hamda amaliyotda uchrayotgan muammolar bo‘yicha to‘g‘ri yo‘nalish berish maqsadida, sayyor amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan.

Joriy yilning  23-noyabr kuni notariuslar malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi Notariat bo‘limi boshlig‘i, amaliyotchi mutaxassis Z.Musaeva tomonidan mahorat darsi boʻlib oʻtdi