+998 55 518 57 77

Olti oylik masofaviy qayta tayyorlash kurslariga kirish imtihon kunlari ma'lum!

17.11.2026 168

Kurslarga kirish imtihonlari suhbat tarzida joriy yilning 24-27-noyabr kunlari o'tkaziladi.


Talabgorlar quyidagi hujjatlarni imtihonga o‘zlari bilan olib kelishlari lozim:

ID karta (pasport) asli va nusxasi;

oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi (asli va nusxalari);

3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli fotosurat.


Hujjat topshirgan barcha talabgorlardan tegishli hujjatlari bilan birga belgilangan vaqtda Toshkent shahar, Mirobod tumani, Hamal ko‘chasi 29-v manziliga yetib kelishlarini so'raymiz.

Lokatsiya uchun bu yerga bosing:
Toshkent shahar, Mirobod tumani, Hamal ko‘chasi 29-v.

Imtihon aniq vaqti to‘g‘risida har bir talabgor kesimida xabar beriladi!

(55) 518 57 77 (9)