Amaldagi qonunchilik talabiga koʻra davlat organlari, tashkilotlari murojaatlar bilan ish olib boruvchi oʻz xodimlarini oʻqitishi va uch yilda kamida bir marta malakasini oshirishi belgilangan.
Shundan kelib chiqib, Yuristlar malakasini oshirish markazida davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari uchun maxsus oʻquv kursi tashkil etilgan.
Joriy yilning 21-22-fevral kunlari Sog'liqni saqlash tizimi mas'ullari uchun anʼanaviy va masofaviy shaklda mashg'ulotlar boʻlib oʻtmoqda.