+998 71 200 02 35

Milliy kutubxona mas‘ullarining mualliflik huquqi bo‘yicha malakalari oshirilmoqda

26.03.2024 857

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan joriy yilning 26–28-mart kunlari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi rahbar va xodimlarining bilim va koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar” qisqa muddatli SAYYOR o‘quv kurslari bo'lib o'tmoqda.

Mashg'ulotlar davomida tinglovchilar  mualliflik huquqida qo‘llanadigan shartnomalar, mualliflar mulkiy huquqlarini boshqarish, turdosh huquqlarning vujudga kelishi, turdosh huquqlar sub’ektlariga haq to‘lash tartibi hamda boshqa mavzular bo'yicha malakalarini oshiradilar.