Xodimlarning malakasini oshirish, ayniqsa bugungi raqobatbardosh mehnat bozorida, juda muhim. Shuningdek, malaka oshirish, xodimning rivojlanishi va tashkilotning samaradorligini ta'minlash uchun zarur bo'lsa, uni amalga oshirish uchun bir qator huquqiy asoslar ham mavjud.
Malaka oshirish xodimlar uchun nafaqat professional o‘sish, balki mehnat bozoridagi raqobatni yengish, yangi lavozimlar va imkoniyatlarga erishish, shuningdek, ish samaradorligini oshirishga imkon beradi. Xodimlar malaka oshirish orqali nafaqat o‘z bilimlarini yangilashadi, balki o‘zlarini professional rivojlanishga undaydigan va tashkilot uchun muhim bo‘lgan qadrli xodimlarga aylanadi.
Shu o‘rinda takidlash joizki Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi ham Respublika darajasidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash ta'lim muassasasi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining 531-son qaroriga muvofiq Markaz adliya organlari va muassasalari, advokatlar, notariuslar, patent vakillari, mediatorlar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlarini hamda huquqiy bilimlarini oshirish talab etiladigan davlat boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, boshqa soha mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan maskandir.
So'ngi yillarda jamiyatimizda yangi-yangi kasb turlari ko'payib bormoqda. Ayniqsa xodimning mehnatini raqamlashtirish jarayoni qog'ozbozliklarga barham berish hamda raqamli texnologiyalardan foydalanib ish hajmini qisqartirish, tashkilot uchun ham mehnat jamoasi uchun ham katta foyda keltirayotganligi ishonarli holat.
Zamon bilan hamnafas bo'lgan holda Yuristlar malakasini oshirish markazida ham har bir tashkil etilayotgan guruhlar uchun alohida modul sifatida sun'iy intelekt va raqamli texnologiyalardan ayni soha vakillari uchun darslar o'tilmoqda. Buning zamirida har bir sohada vujudga kelayotgan firibgarliklarga kech qo'yish hamda rivojlanib borayotgan axborot asrida mehnat nizolarini samarali hal etish, xodimlarnig bilim saviyasini zamon bilan hamohang ravishda yuksaltirish yotadi.
Huquqiy nuqtai nazardan, xodimlarning malakasini oshirish mehnat kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.Yani, Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining asosiy mehnat qonun hujjati sifatida, xodimlarning malaka oshirish huquqini belgilaydi. Xodimlarning malakasini oshirish huquqi har bir tashkilotning asosiy vazifalaridan biri bo'lib, ularning kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Bundan tashqari malaka oshirish xarajatlari ham huquqiy jihatdan tartibga solinadi. Agar malaka oshirish ish beruvchi tomonidan amalga oshirilsa, bu xarajatlar tashkilotning hisobidan amalga oshiriladi. Shuningdek, xodimning o'z mablag'lari hisobidan malaka oshirishga qatnashishi ham mumkin. Hozirda urf darajasiga kirgan uzoq masofadan turib ham turli o'quv kurslarida ishdan ajralmagan holda online tarzda darslarda ishtirok etib, ham yetarli bilimlarga ega bo'lish mumkin. Mehnat kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, bu xarajatlarni qanday taqsimlashni belgilaydi. Asosiy masala shundaki tashkilotning har bir xodimi ma'lum bir vaqt mobaynida malakasini oshirib tursa bu tashkilotga yangi muhit va ish sifati samaradorligi oshishiga ta'sir ko'rsatadi.
Shuni ham ta'kidlash joizki qayta tayyorlash yoki malaka oshirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish vaqtida xodimning ish joyini (lavozimini) saqlab turishi shart. Xodimning o`rtacha ish haqini saqlab qolish masalasi jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatda yoxud mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko`ra hal qilinadi. Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari, zarur kasblar hamda mutaxassisliklarning ro`yxati ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitasi va kadrlar masalalari bilan shug'ullanuvchi xodim bilan kelishgan holda belgilanadi.
Xulosa o‘rnida Malaka oshirish zamonaviy ish muhitida xodimlarning kasbiy rivojlanishining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu nafaqat individual mutaxassislarning malakasini oshiradi, balki tashkilotning raqobatbardoshligini ham kuchaytiradi. Shu sababli, har bir tashkilot malaka oshirish tizimini rivojlantirishga e’tibor qaratishi lozim. Malakali kadrlar – bu har qanday tashkilotning eng qimmatli resursidir. Shunday ekan xodimlaringizni Yuristlar malakasini oshirish markazidagi yangi sohalarda tashkil etilayotgan kurslarimizda kutib qolamiz. Markaz xodimlaringizni huquqiy bilimlarini maksimal darajada yangilash hamda qonunchilikni tog'ri qo'llash jarayonlari haqida mustahkam bilimlar berishni kafolatlaydi.
Tolipova Moxlaroyim
Yuristlar malakasini oshirish markazi bosh mutaxassisi