+998 71 200 02 35

JIZZAXDA SAYYOR MALAKA OSHIRISH KURSLARI TASHKIL ETILDI

22.11.2021 2462

2021-yil 22-noyabr kuni Jizzax viloyati advokatlari uchun ikki haftaga moʻljallangan sayyor malaka oshirish oʻquv kurslari boshlandi.

Mashgʻulotlarga Yuristlar malakasini oshirish markazining yetakchi professor-oʻqituvchilari bilan birga viloyat adliya boshqarmasi, Advokatlar palatasining viloyat hududiy boshqarmasi vakillari va amaliyotchi mutaxassislar jalb qilingan.

Malaka oshirish davomida tinglovchilar Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar, davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirish jarayonlari, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlari, qonunchilikdagi yangiliklar, korrupsiyaga qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi, davlat xizmatchilarining odob-ahloq qoidalari, fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslari, maʼmuriy tartib-taomillar boʻyicha oʻzlarining bilim va koʻnikmalarini oshiradilar