+998 71 200 02 35

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Qarshi davlat universiteti rahbar va xodimlarining malakalari oshirilmoqda

25.04.2024 823

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Qarshi davlat universiteti rahbar va boshqa mas’ul xodimlari uchun “Huquqiy bilimlarni oshirish” bo‘yicha qisqa muddatli onlayn dars mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar:

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari;

Yangi mehnat kodeksining qabul qilish zarurati va alohida jihatlari;

Mehnat intizomi, xizmat tekshiruviga oid yangiliklar;

Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruv organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligi va boshqa mavzular bo‘yicha malakalarini oshiradilar.