+998 71 200 02 35

GENDER TENGLIGINING JAMIYATDAGI AHAMIYATI

28.12.2023 3180

“Odatda biz ayolni avvalambor ona, oila qo‘rg‘onining qo‘riqchisi sifatida hurmat qilamiz. Bu, shubhasiz, to‘g‘ri. Ammo bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo‘lishi kerak”

Prezident Sh.M. Mirziyoevning 2019 yil iyun Oliy Majlis Senatidagi nutqidan

 

Annatasiya:  Ushbu maqolada gender tengligi yani erkaklar va ayolar o‘rtasidagi tenglik, jamiyatda erkak va ayolning teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushunchalar va boshqa qonuniy munosabatlar yig‘indisi va eng  avvalo ayolarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarning olidini olish bo‘yicha olib borilyotgan bir qancha islohatlar haqida va yana gender tengligi bo‘yicha bir qancha xalqaro huquqiy normalar qonunchiliklari haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar: Gender tengligi, xalqaro normalar, statistik ba’za,erkak va ayollarning tenglik prinsplari,    bugungi kunda olib borilayotgan islohatlar ko‘lami,inson huquqlari va  gender tenglikni taminlash, qonunchilikdagi o‘zgarishlar.

Gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrogʻi: erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik — bu oilada va jamiyatda erkaklar va ayollar oʻrtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Baʼzi tadqiqotchilarning fikriga koʻra   gender tengligi — bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi. Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladigan barcha ijtimoiy toʻsiqlarni oʻrganish va yoʻq qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat hisoblanadi. Oʻzbekiston gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxatida 2019-yildan boshlab qatnashishni boshladi. 2019-yil holati boʻyicha Oʻzbekistonning gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxatdagi 189 mamlakat ichida 62-oʻrinni egalladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) ekspertlarining fikriga koʻra, Oʻzbekistondagi har 100 000 dan 29 ayol gender tengsizlik tufayli vafot etishi ko‘rsatilgan.

Oʻzbekistonda 2019-yil 2-sentabrda 562-sonli Oʻzbekiston Respublikasi „Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul qilingan.  Oʻzbekistonda Gender tenglik boʻyicha Komissiya 2019-yildan boshlab ish yuritib keladi. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasining raisi hisoblanadi.

Barchaga ma’lum, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yilning sentabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyusiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadini amalga oshirish doirasida “Gender tenglikni ta’minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish”ga oid to‘qqizta vazifani ishlab chiqdi.

Beshinchi maqsadning vazifalariga (Gender tenglik) muvofiq,
2030 yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to‘liq va samarali ishtirokini va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash zarur. Bundan tashqari, ushbu maqsad davlatning turli darajalarida Davlat dasturlarini qabul qilish jarayonida gender tenglik tamoyillarini joriy qilishni o‘z ichiga oladi.

So‘nggi yillarda gender tenglikni ta’minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo‘yicha ishlar bir necha yo‘nalishlarda olib borilmoqda:

• ayollar huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;

• ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish;

• aholining gender tenglik va ayollar huquqlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish;

• huquqni qo‘llash amaliyotida ularga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’ul mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy me’yorlar asosida o‘qitish.

Gender tengligini joriy qilish nuqtai nazaridan ta’limdagi ijobiy siljishlarni alohida ta’kidlash kerak. Ya’ni, 2017 yildan boshlab aksariyat oliy o‘quv yurtlarida turli mutaxassisliklar bo‘yicha sirtqi bo‘limlar faoliyati tiklandi. Ta’limning ushbu shakli yosh ayollarga bolalarni parvarish qilish va boshqa oilaviy majburiyatlarni bajarishga xalal qilmasdan oliy ma’lumot olish imkoniyatini beradi.

         Xulosa ornida shuni aytib otish joizki, qabul qilinayotgan u yoki bu darajadagi hujjatlarning ayollar va erkaklar uchun bir me’yorda bo‘lishiga erishish uchun qonunchilikning gender ekspertizasini o‘tkazish majburiyligini ta’minlash muhimdir. O‘z navbatida, biznes inkubatorlari bilan bir qatorda, ayollarni ta’lim va fan sohasida rag‘batlantirish, shuningdek, STEM (Fan, texnologiya, muhandislik, matematika) laboratoriyalar yaratish orqali ularni tabiiy va texnik fanlar sohasiga jalb qilish choralarini ko‘rish zarur,bu o‘z navbatida ayollarning bandligini, zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.

 

Foydalangan adabiyotlar:

1.    Gender tenglik boʻyicha butunjahon statistikasi.

2.    Gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxati (PDF).

3.    https://lex.uz/docs/-4494849 Xotin-qizlar teng huquq kafolatlari toʻgʻrisidagi OʻRQ-562 02.09.2019

4.      Gender tenglik komissiyasi haqidagi rasmiy saytining „Komissiya haqida“ sahifasi, 2021-04-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-14

5.     Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori,28.05.2021 yildagi SQ-297-IV-son

6.     Prezident Sh. Mirziyoevning 2019 yil iyun oyida Oliy Majlis Senatidagi nutqi.

7.     Elektron statistik markazi.

Tolipova Moxlaroyim Abdurasul qizi
Toshkent viloyati hududiy filial bosh mutaxassisi