+998 71 200 02 35

Farzandi xususiy bog‘cha va maktabga boradigan ota-onalarga soliq imtiyozi bormi?

27.11.2025 36

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” farmoni qabul qilindi

      Prezidentning “Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilinganidan keyin davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bolalar bog‘chalari ochish uchun qator imtiyozlar berila boshlandi.

     Yaqin kunlarda davlat-xususiy sheriklik asosida mamlakatimiz bo‘ylab 3 000 dan ortiq nodavlat MTM qurilishi va yuzlab bolalar bog‘chalari rekonstruksiya qilinishi ko‘zlangan. Ushbu loyihalar bo‘yicha xususiy sheriklarni izlash maqsadida Maktabgacha ta'lim vazirligi tanlov va tenderlar e'lon qiladi.  Jismoniy shaxslarning bir qator daromadlari qonun bilan soliqdan ozod qilinadi. Mazkur daromadlar tarkibi Soliq kodeksining 378-moddasida belgilangan.

       Prezident qaroriga ko‘ra, xususiy bog‘cha yoki maktablarda ta’lim olayotgan farzandlari uchun ota-onalarga soliq imtiyozi taqdim etiladi. Ya’ni, ota-onalar tomonidan har bir farzand uchun oyiga 3 million so‘mgacha to‘langan ta’limga oid to‘lovlar daromad solig‘idan ozod qilinadi.

     Imtiyozdan foydalanish uchun ota-onalar xususiy ta’lim muassasalariga to‘langan to‘lovlar haqidagi kvitansiyalarni yil davomida saqlab qo‘yishlari kerak. Yil oxirida ular daromadlar deklaratsiyasi bilan birga barcha kvitansiyalarni soliq idorasiga taqdim etishadi va ortiqcha to‘langan 12%lik daromad solig‘ini qaytarib olishadi.

Masalan, agar ota-ona oyiga 3 million so‘m to‘lov qilsa, yiliga bu 36 million so‘m bo‘ladi. Yil tugagach, soliq organi ushbu summadan 4 million 320 ming so‘mni qaytarib beradi.  Agar ota-ona ishxonasi orqali to‘lov qilayotgan bo‘lsa, korxona buxgalteriyasiga daromad solig‘ini ushlab qolmaslik haqida ariza topshirishi mumkin.

Bunday imtiyozlarda biri ushbu moddaning 16-bandiga ko‘ra Soliq to‘lovchining farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlar uchun yo‘naltirilgan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Mana shu qoidaga ko‘ra, agar ota-ona farzandlarini xususiy maktabga yoki bog‘chaga bergan bo‘lsa, ularning o‘qishi uchun yo‘naltirilgan 3 mln so‘mgacha bo‘lgan ish haqi daromad solig‘idan ozod qilinadi.

      Mazkur imtiyoz har bir farzand uchun berilgani hisobga olinsa, ota-ona 2 nafar farzandini xususiy bog‘chaga bersa, unda 6 mln so‘mgacha daromad soliqdan ozod qilinadi.

Imtiyozdan foydalanishning 2 xil usuli mavjud:

Birinchisi, ish haqidan daromad solig‘i ushlab qolishda qo‘llaniladi. Ya’ni ota-ona ish beruvchi nomida ish haqidan farzandlarining xususiy maktab yoki bog‘chaga to‘lov uchun o‘tkazish haqida ariza berishi va mazkur ariza xususiy maktab yoki bog‘cha bilan tuzilgan shartnomani ilova qilishi kerak bo‘ladi.

Bunda ish beruvchi soliq agenti sifatida Soliq kodeksining 386-moddasiga muvofiq xodimlarining ish haqlaridan daromad solig‘ini hisoblab, uni byudjetga yo‘naltirish jarayonida soliq imtiyozini qo‘llaydi. Bunday holatda imtiyoz avtomatik ravishda qo‘llanilib, ish haqining xususiy ta’limga yo‘naltirilgan qismidan soliq hisoblanmaydi.

Ikkinchisi, agar ota-ona ish haqi olgandan so‘ng, farzandlarining ta’limi uchun xususiy maktabga yo‘naltirgan bo‘lsa, Soliq kodeksining 103-moddasiga binoan ota-ona ortiqcha to‘langan soliqni qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi. Buning uchun ushbu kodeks 105-moddasi asosida ota-ona soliqni qaytarish bo‘yicha soliq organiga ariza berishi talab etiladi. Arizani yozma shaklda hududiy soliq organi borgan holda berish mumkin.

Shuningdek, elektron shaklda ushbu havola orqali jami yillik daromad haqida dekloratsiya to‘ldiriladi. Shundan so‘ng, my.gov.uz saytidan JSH ortiqcha to‘langan soliq summasini qaytarish haqida ariza beriladi.

     Bunda ortiqcha undirilgan soliq summasi soliq to‘lovchiga ariza qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, ariza beruvchiga qaytariladi.

Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, soliq to‘lovchining farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlariga yo‘naltiriladigan daromadlariga soliq solinmasligi belgilandi.

ushbu imtiyoz 2022 yil 1 apreldan kuchga kiradi. Garchi qonun endi imzolangan bo‘lsa ham.

Faqat buning uchun ota-onalar xususiy bog‘cha yoki maktabga qilgan to‘lovlari haqidagi kvitansiyalarini saqlab qo‘ygan bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Yil oxirida ular daromadlar haqida deklaratsiya bilan birga barcha kvitansiyalarni soliq idorasiga taqdim etishadi va ortiqcha to‘langan daromad solig‘i qismini bitta qilib qaytarib olishadi.

      Chet el tajribasi: AQSH Xususiy bog‘cha, parvarishlash markazlari va maktabdan tashqari ta’lim uchun soliq kreditlari beriladi. Ota-ona sarflagan xarajatlarning 20–35% gacha qismi soliqlardan chegiriladi. Maksimal chegirma: yiliga odatda 3 000–6 000 USD xarajat bo‘yicha.

       Kanada: Ota-onalar xususiy bog‘cha yoki parvarish xizmatlari uchun har yili soliqdan chegirma oladi. Chegirma bolaga qarab 8 000–11 000 CAD gacha bo‘lishi mumkin.

Bolali oilalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri naqd transfer — xususiy bog‘cha xarajatlarini qoplash imkonini ham beradi.

       Buyuk Britaniya: Davlat ota-onalarning har 8 funtiga 2 funt qo‘shib beradi (maksimal 2 000 funt/yil). Xususiy bog‘cha xarajatlarini kamaytirishga mo‘ljallangan. Ish beruvchilar orqali soliqdan ozod vaucherlar berilar edi.

       Avstraliya: Daromadga qarab xususiy bog‘cha xarajatlarining ukturishini davlat qoplaydi:

Kam daromadli oilalarda 85% gacha, O‘rta daromadlarda 50–60%, Subsidiyalar naqd emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘chaga o‘tkaziladi.

      Singapur: Xususiy bog‘chaga borgan bolalar uchun yirik davlat subsidiyalari (bozordagi narxning 50–70% gacha) to‘lanadi. Ota-onalar bolaga jamg‘arma ochadi, davlat har 1 dollarga 1 dollar qo‘shadi (matches). Ushbu mablag‘ xususiy bog‘cha va maktab to‘lovlarida ishlatiladi.

      Germaniya: Ko‘pchilik yerlar (landlar) bolalar bog‘chasi xarajatlarini davlat tomonidan moliyalashtiradi. Xususiy muassasalarda ham soliqdan chegirmalar mavjud. Bundan tashqari, ko‘plab hududlarda bog‘cha bepul yoki juda arzon (3 yoshdan keyin).

     Chet el tajribasi shuni ko‘rsatadiki, davlatlar odatda quyidagi 5 yo‘l bilan ota-onalarni qo‘llab-quvvatlaydi:

1.    Soliq kreditlari (AQSH, Kanada)

2.    Soliqdan chegirmalar (Kanada, Germaniya)

3.    Davlat subsidiyalari (Singapur, Avstraliya)

4.    Ish beruvchi orqali imtiyozlar (Buyuk Britaniya)

Jamg‘arma + davlat matching tizimi (Singapur, AQSH 529)

 

 

Marketing va buyurtmachilar bilan aloqalar bo‘limi.

Katta mutaxassis: M. Ruzimuxamedova