+998 71 200 02 35

Farg'ona viloyati MFY vakillari uchun "Oila mediatsiyasi” boʻyicha o'quv kurslari bo'lib o'tdi

23.01.2024 1038

2023-yil uchun Respublika boʻyicha qariyib 35 000 dan ziyod nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. Afsuski, hozirda har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 10% ni tashkil etmoqda.

Nikohdan ajralish holatlarini oldini olish hamda ushbu nizolarni mediatsiya orqali muqobil hal etish koʻnikmalarni oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Oila mediatsiyasi” boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari ishlab chiqilgan.

Mazkur kurs doirasida joriy yilning 22-yanvar kuni Markaz dotsenti Sevarxon Maripova ishtirokida Farg'ona viloyati оilaviy ajrim koʻrsatkichi yuqori boʻlgan fuqarolar yigʻinlari xodimlari uchun onlayn oʻquv-seminar trening tashkil etildi.

Unda viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi, tuman hokimligi xotin-qizlar boʻlimi hamda mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlari faollari ishtirok etishdi.