+998 71 200 02 35

#davra_suhbati

16.10.2023 1192

Yuristlar malakasini oshirish markazida “Huquqni qo‘llash amaliyotida muddatli mehnat shartnomalarini tuzishning huquqiy jihatlari” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Davra suhbatidan ko‘zlangan maqsad – huquqiy jamoatchilik e’tiborini Yangi Mehnat kodeksi normalarini huquqni qo‘llash amaliyotida aniq va to‘g‘ri ishlatilishi istiqbollariga qaratish, ayniqsa bunda ish beruvchilarning muddatli mehnat shartnomasini tuzish huquqlarining kengaytirilganligini inobatga olgan holda amalda yuzaga kelayotgan muammolarni tanqidiy tahlil qilish, mehnat munosabatlarida qonun ustuvorligi muhitini yaratish, mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni adolatli va qonuniy hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.

Davra suhbatida bugungi kunda Yangi Mehnat kodeksini amalda qo‘llash jarayonida uchrayotgan dolzarb muammolar va ularning yechimlariga qaratilgan chora-tadbirlar yuqori salohiyatli ekspertlar, yetakchi olimlar, professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar ishtirokida ilmiy-amaliy jihatdan muhokama etildi.