+998 71 200 02 35

"Davlat organlarida huquqiy madaniyatni rivojlantishning amaliy ahamiyati” mavzusida sеminar-trеning tashkil etildi

19.04.2024 739

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan joriy yilning 19-aprel kuni “Davlat organlarida huquqiy madaniyatni rivojlantishning amaliy ahamiyati” mavzusida sеminar-trеning tashkil etildi.

Seminar-trening Adliya vazirligi Qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish, tartibga solish taʼsirini baholash va huquqiy axborot boshqarmasi bo‘lim bosh maslahatchisi A.Abdusherozov, Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri S.Maripova hamda Markaz kafedra o‘qituvchisi D.Xojimuxamedovalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, bu borada ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta’minlashdagi rolini oshirish hamda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish borasida yuzaga kelayotgan asosiy muammolar muhokama qilindi.