+998 71 200 02 35

ADVOKATLAR UCHUN SAYYOR MASHGʻULOT!

01.02.2022 2095

 

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida malaka oshirayotgan advokatlar guruhi uchun 2022-yilning 1-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida “Advokatlik faoliyatida sud ekspertizalarining oʻrni” mavzusida sayyor mashgʻulot oʻtkazildi.

Advokatlar guruhi tinglovchilari X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining “Sud-trasologik va ballistik ekspertizasi laboratoriyasi”, “Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi”, “Materiallar, ashyolar, buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi”ning amaliy ish faoliyati bilan tanishdilar.

               

Advokatlar “Sud-trasologik va ballistik ekspertizasi laboratoriyasi”da YTH boʻyicha sud-trasologik ekspertizalarining zamonaviy imkoniyatlari, “Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi”da sud-xatshunoslik, hujjatlarning texnik-kriminalistik ekspertizasi va sud-lingvistik-siyosatshunoslik ekspertizalari boʻyicha yangiliklar , shuningdek, “Materiallar, ashyolar, buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi”da oʻtkaziladigan tadqiqotlar va ularning ahamiyati boʻyicha batafsil ma`lumotlar oldilar.

Tinglovchilar X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida joriy qilinatgan yangi turdagi sud ekspertizalari, RSEMning zamonaviy texnik-kriminalistik vosita va qurilmalari, ularning imkoniyatlari bilan qiziqdilar hamda oʻzlarining savollariga toʻliq ma`lumotlar oldilar.