+998 71 200 02 35

ADLIYA VAZIRLIGIDA AMALIY SAYYOR MASHG'ULOT O'TKAZILDI

13.09.2024 583

Joriy yilning 13-sentabr kuni Markazda malaka oshirayotgan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti yuridik xizmat xodimlari uchun O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida amaliy sayyor mashg'ulot o'tkazildi.  

Sayyor mashg'ulotlar davomida tinglovchilar adliya tizimiga oid turli burchaklarda sud-ekspertizaga oid jihozlar, davlat xizmatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, arxiv hujjatlaridan namunalar, intellektual mulkka tegishli ihtiro, foydali model, sanoat namunalari hamda Adolat markazi tomonidan nashr etilayotgan eng so‘nggi qo‘llanma, kitoblar, shuningdek, vazirlikka oid boshqa qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi. 

Shu bilan birga,tinglovchilar uchun "Norma ijodkorligi, normativ huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish tartibi, ichki idoraviy hujjat bilan normativ huquqiy hujjatning o'zaro farqi" mavzusida soha mutaxassislari tomonidan dars mashg'ulotlari bo'lib o'tdi