+998 71 200 02 35

Adliya boshqarmalari huzuridagi yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlarining malakasi oshirilmoqda

11.01.2022 2397

Bugun Yuristlar malakasini oshirish markazining malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan Andijon viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari uchun masofaviy (onlayn) shaklda oʻquv kurslari boʻlib oʻtmoqda.

Oʻquv jarayonida tinglovchilar mehnat munosabatlarini tartibga solishda Yuridik xizmat markazlarining ishtiroki, xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish masalalari kabi mavzular boʻyicha oʻz bilimlarini oshirmoqdalar.