Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan kuchli siyosatni asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanib kelayotgan Xotin-qizlarni himoya qilish ularni huquqiy onggini, huquqiy madaniyatini, jamiyat o‘rtasidagi o‘z o‘rnini, rolini egalab anglab yetishi, hamda kundan kunga rivojlanib kelayotgan xalqimiz orasida Gender tengligini aholiga tadbiq qilish masalalari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bundan tashqari ayollarni jamiyatga qanchalik kerakliligi ular kelajak avlodni tarbiyalovchi dunyoga keltiruvchi shaxslar hisoblanadi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganidek “Bir ayolni tarbiyalash unga ilim berish, bir butun katta oilani tarbiyalash demakdir’’. Ayollarni qancha himoya qilsak qanchalik qardlasak shuncha oz.
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Ayollarni himoya qilish ularga ijtimoiy yordamlar berish, sohalarda ayollar rolini oshirish maqsadida bir qancha farmonlar, qarorlar, narmativ huquqiy hujatlar qabul qilinmoqda.
Shular jumlasiga Respublikada oila va xotin-qizlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularning muammolariga tizimli yechim topish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-sonli Farmoni hamda “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-146-sonli Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘linmalari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega. Mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini tashkil etadigan ayollar ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ma’rifat, madaniyat va boshqa ijtimoiy sohalarda samarali mehnat qilmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz xotin-qizlari orasida 514 nafar fan doktori, 6 nafar akademik, 15 nafar O‘zbekiston Qahramoni, 17 nafar senator, 15 nafar Qonunchilik palatasi deputati borligi, shuningdek, mahalliy Kengashlar deputatlarining 23 foizidan ziyodini hamda ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at sohalarida mehnat qilayotganlarning 72 foizini aynan ayollar tashkil etishini alohida ta’kidlash lozim.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Biroq ushbu sohadagi ishlarning holati xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan maqsadli ishlarni tashkil etish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirishning samarali mexanizmini yaratishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida mavjud kamchilik va muammolar atroflicha tahlil qilingan. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qo‘mita faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarining yangilangan tuzilmalari tasdiqlandi. Farmon bilan 2018 yil 1 apreldan fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi o‘rniga har bir fuqarolar yig‘inida 1 tadan, oilalar soni 2000 va undan ortiq bo‘lgan fuqarolar yig‘inlarida esa 2 tadan xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etildi. Oilaviy qadriyatlar va an’analar yo‘nalishida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borish maqsadida Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi negizida Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishi, zamonaviy namunali oilaning mezonlarini belgilash, oila-nikoh munosabatlari sohasida amaliyotni o‘rganish va tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish bilan bir qatorda “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” konseptual g‘oyasi hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targ‘ib etish va jamiyatga singdirish “Oila” markazining asosiy vazifalari qatoridan joy oldi. Shu bilan birga, Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda “Oila” markazining mas’uliyatini yanada oshirish, vakolatlari doirasini aniq belgilab olish maqsadida qo‘mita hamda markaz, ularning hududiy bo‘linmalari rahbariyatining xotin-qizlar va oila masalalarini hal etishdagi shaxsiy javobgarlik chegaralari belgilab qo‘yildi. Farmonga binoan 2018 yil 1 apreldan boshlab FHDYO organlari ularning nikoh munosabatlariga oid aktlarni rasmiylashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrashishlarning oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha tuman (shahar) hokimliklariga bo‘ysundiriladi. Oila va xotin-qizlar masalalarida tizimli hamkorlikni ta’minlash maqsadida FHDYO organi, “Oila” markazining tuman (shahar) bo‘limi hamda xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha boshqa tuzilmalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish tuman (shahar) hokimi o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi raisi zimmasiga yuklatildi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Tadbirkor ayol” uyushmasining oila va xotin-qizlar masalalariga oid faolligini e’tirof etgan holda, Farmonda Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi. Ta’kidlash joizki, ushbu jamoat fondining asosiy vazifasi og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo‘lgan ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslariga ko‘maklashish hisoblanadi. Farmonda ko‘zda tutilgan yana bir muhim masalalardan biri bu oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari tuzilmalarida “ayollar maslahatxonalari”ni tashkil etish bo‘lib, bu maslahatxonalar bevosita joylarda o‘smir qizlar va fertil yoshidagi ayollarga zarur maslahatlarni beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF–2326-son Farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti 14 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bittadan vakilalariga berilgan edi. Endilikda yangi Farmonga muvofiq, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafar talabgorlarga berish belgilandi va yosh chegarasining uzaytirilgani ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport sohalarida yutuqlarga erishgan hamda ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanayotgan olima qizlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Farmonda belgilangan yangi tartibga muvofiq, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgan o‘quvchilari bakalavriatga, bakalavriat talabalari esa oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Ayol – ulug‘, ayol – mo‘tabar Farmonga muvofiq jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarga beriladigan “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularga imtiyozli uylardan ajratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2017 yilda uy-joyga muhtoj, nogironligi bo‘lgan 1207 nafar ayolga arzon uy-joylar ajratildi. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida Farmon bilan Vazirlar Mahkamasiga ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarga qulay sharoitlarga ega arzon uylarni qurish va berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatildi.
Farmonda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar va vazifalarni amaliyotda tatbiq etishni ta’minlashga qaratilgan 5 ta bo‘lim va 56 ta banddan iborat “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.
Quydagilar dasturning funksiya va vazifalariga kiritilga:
- xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy- siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish;
- oila va xotin-qizlarning muammolarini o'z vaqtida aniqlash, og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish;
- xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish;
- xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- xotin-qizlar yo‘nalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga yordam ko‘rsatish.
Xulosa o‘rnida aytish joizki yurtimizda amalga oshirilayotgan bunday islohatlar kelajakda davlatimizni yanada rivojlanib borishidan darak beradi. Ayollarga qilinayotgan etibor oilaga, vatanga, xalqga, qilinayotgan e’tibor hisoblanadi. Prezidentimizning olib borayotgan siyosatlari axoliga ayniqsa xotin –qizlarga kelajak avlodga juda katta imkoniyatlar eshiklarini ochib bermoqda.
Biz Ayollar bunday yaratilib berilayotgan imkoniyatlarga albatta labbay deb javob qaytarishimiz darkor….
“Ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi” Yuridik fanlar nomzodi Ganibayeva Shaxnoza