+998 71 200 02 35

Ilmiy maktablar


Markaz kafedralarining ilmiy tadqiqot faoliyatida ilmiy maktablar faoliyatining yoʼlga qoʼyilganligi va uning faoliyat yuritishi hamda natijadorligi:

Markaz kafedralarining ilmiy tadqiqot faoliyatida ilmiy maktablar faoliyati yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, oʼz ilmiy tadqiqot faoliyatida ilmiy maktablar yaratgan professor-oʼqituvchilar faoliyat olib boradi xolos, masalan:

Qonunchilik texnikasi va korruptsiyaga qarshi ekspertiza kafedrasi mudiri yu.f.d. B.Toshev «Intellektual mulk huquqi» sohasida oʼz maktabini yaratgan. U 12 yil davomida ushbu fan yuzasidan pedagogik faoliyat olib borib, 100 dan ortiq magistr va 130 dan ortiq bakalavrlarning bitiruv malaka ishiga va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan. Respublika va xalqaro doirada 50 dan ortiq anjumanlarda maʼruza bilan ishtirok etgan. 20 dan ortiq darsliklar, oʼquv qoʼllanmalar, monografiya, 100dan ortiq maqolalari shu sohaga bagʼishlangan. B.Toshev YuNESKOning Jahon Intellektual mulk Tashkilotining eksperti hisoblanadi.