+998 71 234 56 02

Xalqaro munosabatlar


Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi (keyingi oʼrinlarda Markaz deb yuritiladi) yuridik kadrlarni sifatli qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishni oʼz faoliyatining eng muhim yoʼnalishlaridan biri deb hisoblaydi.

 Hamkorlik ikki yoʼnalishda amalga oshiriladi:

 yuridik soha vakillarini qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan xorijiy taʼlim muassasalari bilan birgalikda ish olib borish;

 xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;

 Markaz xalqaro hamkorlikni sifatli va samarali amalga oshirish maqsadida oʼz faoliyatini quyidagi shakllarga yoʼnaltiradi:

 Markaz professor-oʼqituvchilari hamda tinglovchilari uchun xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalariga tashriflarini tashkillashtirish;

 qoʼshma oʼquv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

 xorijiy oʼquv muassasalarining yetakchi ilmiy-pedagogik xodimlarini va ekspertlarini Markazdagi oʼquv jarayonigga jalb qilish boʼyicha ishlarni tashkil etish;

 ilmiy maqolalar hamda nashrlar almashinuvini tashkil etish;

 yuqori salohiyatli milliy va xorijiy vakillari ishtirokida konferentsiyalar, simpoziumlar, “davra suhbatlari”, bahs-munozaralarni, shu jumladan, videokonferentsiyalarni tashkil etish;

 hamkorlikda tayyorlangan kitoblar, oʼquv qoʼllanmalar, maqolalarning chop etilishini tashkillashtirish, 

 masofaviy taʼlim sohasida tajriba almashish;

 xorijiy davlat mehmonlarini, delegatsiyalar va boshqa xorijiy tashkilot vakillarining tashrifi bilan bogʼliq tadbirlarni tashkil etishda Markazning barcha boʼlim va kafedralari faoliyatini muvofiqlashtirish;

 Oʼtgan yillar davomida oʼnlab xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashgan muassasalari, jumladan АQSh, Germaniya, Shvetsiya, Polьsha, Rossiya, Ispaniya, Portugaliya va boshqa qator davlatlar bilan aloqalari oʼrnatilgan.

 2018 yilda Qozogʼiston Respublikasi Oliy sudi qoshidagi Odilsudlov akademiyasi bilan hamkorlik Memorandumi imzolangan.

 Markaz faoliyatini qoʼllab-quvvatlashga Oʼzbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlarning koʼmagi sezilarli darajadadir

Oʼzbekistondagi BMT vakolatxonasi bilan mustahkam aloqalar oʼrnatilgan.

Markaz Germaniyaning Oʼzbekistondagi Konrad Аdenauer hamda Fridrix Ebert jamgʼarmalari filiallari koʼmagida doimiy ravishda chet ellik ekspertlar ishtirokida oʼquv tadbirlari oʼtkaziladi, bundan tashqari ilmiy-amaliy seminarlar, konferentsiyalar uyushtiriladi hamda ular tomonidan texnik yordam ham koʼrsatiladi.

Markaz YuSАIDning “Oʼzbekistonda sud-huquq islohoti boʼyicha dasturi” bilan yaqindan aloqa oʼrnatgan. Dastur asosiy yoʼnalishlaridan biri Markazda oʼquv jarayonining sifatli oʼtkazilishi uchun hamkorlikni rivojlantirishdan iboratdir.

2013 yilda Markazning asosiy hamkorlaridan biri “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat- notijorat tashkiloti bilan hamkorlik Memorandumi imzolagan. Markazda ushbu tashkilotning koʼmagida koʼplab konferentsiyalar, seminarlar oʼtkazilgan, bundan tashqari professor-oʼqituvchilar hamda xodimlar uchun xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari uyushtirilgan.

Markaz BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʼyicha boshqarmasi,Oʼzbekistonda YeXHTning Loyihalar koordinatori, BMTning Bolalar fondi va boshqa tashkilotlar bilan aloqalar oʼrnatgan.

Markaz 2014 yildan dunyoning 80 dan ortiq ixtisoslashgan oʼquv dargohlarini birlashtiruvchi Xalqaro sudьyalarni tayyorlash tashkilotining (IOJT) aʼzosi hisoblanadi.