+998 55 518 57 77

Dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

03.07.2026 5

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishida Akademiya tayanch doktoranti Shohjahon Jumayevning 12.00.07 – “Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo‘yicha “Qonunlar ijrosi ustidan prokuror tekshiruvlari: nazariya va amaliyot” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadqiqot doirasida Qonunlar ijrosi ustidan prokuror tekshiruvlarini o‘tkazishni takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy qoidalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Dissertatsiya himoyasi natijasiga ko‘ra, Kengash a’zolari tomonidan tadqiqotchi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb topildi.

Institut jamoasi Jumayev Shohjahon Begimqul o‘g‘lini dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!