+998 71 200 02 35

Davlat va jamiyat qurilishi kafedrasi


Kafedra “Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi” nomi bilan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 iyuldagi 364-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyunda “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʼgʼrisidagi” 531-sonli qaroriga asosan, “Davlat va jamiyat qurilishi kafedrasi” deb nomlangan. Kafedraga 2004-2011 yillarda professor X.Babaev, 2011-2014 yillarda yu.f.d. professor B.N.Toshev, 2014-2018 yillarda yu.f.d., B.I.Ismailov rahbarlik qilgan. 2018 yil sentyabrdan boshlab yu.f.d., professor X.T.Odilqoriev rahbarlik qilib kelmoqda.

Oʼtgan yillar mobaynida kafedrada yu.f.d., Sh.X.Fayziev, B.X.Аrtikov, K.Islamov, f.f.d., professor N.Shodiev, N.Xattabov kabi xodimlar pedagogik faoliyat yuritganlar.

Bugungi kunda jamoada kafedra mudiri yuridik fanlar doktori. professor X.T. Odilqoriev, kafedra professorlari: Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi, yuridik fanlar doktori, professor X.B. Babaev va B.J. Аxrarov ishlamoqdalar.

 

Kafedra mudiri, adliya maslahatchisi

yuridik fanlar doktori, professor

Odilqoriev Xojimurod Toʼxtamurodovich

 470 dan ziyod ilmiy asarlar muallifi (shundan 40 dan ortigʼi monografiyalar, darslik va oʼquv qoʼllanmalar). Uning ilmiy rahbarligida 25 ta nomzodlik va 5 ta doktorlik dissertatsiyasi yoqlangan. Hozirda uning rahbarligida 10 ga yaqin tadqiqotchilar ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

 

Kafedra professori,

yuridik fanlar doktori, professor

Аxrarov Baxrom Jabborovich

Аdliya sohasida koʼp yillik tajribaga ega boʼlgan mutaxassis, 8ta darslik, 10ta oʼquv-uslubiy qoʼllanma, 5 monografiya va 100dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Uning rahbarligida 1 ta doktorlik, 2 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilganlar.

 

Kafedra dotsenti, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi, yuridik fanlar doktori, professor

Babaev Xalim Babaevich

Fan arbobi, adliya sohasida koʼp yillik tajribaga ega boʼlgan mutaxassis, 10dan ortiq darslik, 15 ta oʼquv-uslubiy qoʼllanma, 6 ta monografiya va 200dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

 

Kafedra oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʼzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining qaror va boʼyruqlari, kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga oid vazirliklar va boshqa idorlarning normativ-huquqiy hujjatlari, Markazning qaror va boʼyruqlari hamda Nizomiga amal qiladi.

Kafedra faoliyatining asosiy yoʼnalishlari:

- mamlakatimiz innovatsion rivojlanishi bosqichida davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi yangiliklar, islohotlarning mazmun-mohiyatini ilmiy tahlil etish asosida oʼquv jarayonlariga singidirish;

- Oʼzbekiston huquqiy tizimi va qonunchiligidagi tub islohotlar maʼno-mazmunini malaka oshiruvchi tinglovchilarga muntazam va tizimli yetkazish;

- davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga oid maʼmuriy islohotlar mohiyatini tahlil etish hamda oʼquv jarayonlarida ochib berish;

- davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʼzaro hamkorligi tendentsiyalarini, jamoatchilik nazoratining samarali huquqiy mehanizmlari joriy etilishi masalalarini tinglovchilar eʼtiboriga yetkazish;

- zamonaviy Oʼzbekiston davlatining ijtimoiy siyosatining mohiyatini, mamlakatimizda ijtimoiy davlatchilik va masʼul hukumat shakllanishi omillari, tabiati hamda tendentsiyalarini talqin etish.

Kafedrada Davlat va jamiyat qurilishi bilan bogʼliq fanlar va mutaxassislikka oid mavzular boʼyicha oʼquv, oʼquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-targʼibot ishlari olib boriladi. Bunda, davlat va jamiyat qurilishi sohasiga oid fanlar boʼyicha darslar oʼtiladi. Oʼqiladigan maʼruzalar hamda oʼtiladigan mashgʼulotlar “Davlat va huquq nazariyasi”, “Konstitutsiyaviy huquq”, “Davlat boshqaruvi” fanlari doirasida olib boriladi.

Davlat va jamiyat qurilishi kafedrasi demokratik huquqiy davlat qaror topishi, shakllanishi, rivojlanishi toʼgʼrisida izlanishlar olib boradi. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan printsiplar va qoidalar asosida Oʼzbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlatning qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllanishi toʼgʼrisida nazariy - amaliy bilim va koʼnikmalarni hosil qiladi va ularni dars jarayonlariga tatbiq etadi.

 

Kafedraning telefon raqami: + 99871 234-53-39