+998 71 234 56 02

Qonunchilik texnikasi va korrupsiyaga qarshi ekspertiza kafedrasi


 Qonunchilik texnikasi va korruptsiyaga qarshi ekspertiza kafedrasi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yananada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 2019 yil 27 iyundagi №531-son qarori bilan tashkil etilgan.

Kafedra Markazda oʼqitiladigan adliya tizimi, advokatura yoki boshqa soha xodimlari, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlarining, shu jumladan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlari (yuriskonsulьtlari)ni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etadi.

Kafedraning asosiy vazifalari:

- norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish sohasida davlat-huquqiy siyosatining ustuvor yoʼnalishlarini tushuntirish;

- tinglovchilarni qonunchilik tashabbusiga ega organlarning sohaga oid faoliyatidan xabardor qilish;

- huquqiy tizimni mustahkamlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berish orqali tinglovchilarning nazariy bilimlari va amaliy koʼnikmalarini mustahkamlash;

- tinglovchilarni milliy huquq tizimi va uning shakllanishi, normativ-huquqiy bazaning tarkibi, normativ-huquqiy hujjatlarning turlari va maqomidan xabardor qilish;

- tinglovchilarga qonunchilik jarayoni, qonun hujjatlarining yaratilishi bosqichlari, qonunchilikning oʼzgartirilishi, takomillashtirilishi va amalga kiritilishi bilan bogʼliq yangi bilimlar berish;

- jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda tinglovchilarning ishtirokini kengaytirish maqsadida qonun hujjatlarini amalga kiritish tartibi, huquqiy axborotni tarqatish yoʼllari va huquqiy targʼibotning zamonaviy shakl va usullarini oʼrgatish;

- tinglovchilarda qonunchilikni sharhlash qobiliyatini rivojlantirish;

- tinglovchilarda huquq ijodkorligi salohiyatini koʼchaytirish va mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish;

- qonun hujjatlari loyihalarini korruptsiyaga qarshi ekspertiza va boshqa sohalar boʼyicha ekspertizasini tashkil etish yoʼllari, shakl va usullarini qoʼllash bilan bogʼliq bilimlar berishdan iborat.

 

Kafedra mudiri, yuridik fanlar doktori

Toshev Boboqul Norqobilovich 

Uning tashabbusi bilan respublikamizda 20 ga yaqin xalqaro va respublika darajasidagi ilmiy, amaliy anjumanlar oʼtkazilgan, ularning koʼplariga raislik qilgan. B.Toshev qator xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan nufuzli xalqaro anjumanlarda faol ishtirok etib, respublikamizning xalqaro-huquqiy siyosatini xorijiy mamlakatlarda targʼib qilish hamda mamlakatimizni tanitishda doimo oʼrnak boʼlib keldi

 

B.Toshev Jahon intellektual mulk tashkiloti, Jahon savdo tashkilotining intellektual mulk huquqi sohasidagi eksperti, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi eksperti, ilmiy jurnallar tahrir hayʼati aʼzosi, turli jamoatchilik kengashlari aʼzosi ham hisoblanadi.

U 30 dan ortiq darslik, monografiya, oʼquv, oʼquv-uslubi qoʼllanmalar va 150 dan ortiq ilmiy maqolalar, 60 dan ortiq ommabop-publitsistik maqolalar muallifi. Uning chop etgan ilmiy adabiyotlaridan respublikamiz taʼlim muassasalarida keng foydalanib kelinmoqda

Mamatov Xudoyor Teshaevich,

yuridik fanlar doktori, professor

Birinchi darajali adliya maslahatchisi. 2002 yilda “Temur tuzuklarida davlat va huquq masalalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2011 yilda “Huquqiy madaniyat va Oʼzbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanish muammolari mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

2019 yil sentyabrdan Oʼzbekiston respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzosi. Kotibiyat rahbari. Tashqi oʼrindoshlik asosida 0,5 shtat birligida Yuristlar malakasini oshirish markazi Qonunchilik texnikasi va korruptsiyaga qarshi ekspertiza kafedrasining professori.

 

Bitta darslik, toʼrtta oʼquv qoʼllanma, uchta oʼquv-uslubiy qoʼllanma, 100 dan ortiq ilmiy jurnallarda, 200 dan ortiq Respublika gazetalari va internet saytlarida ilmiy-ommabop maqolalar muallifidir.

Kafedra telefon raqami: 71 - 234-56-02