+998 55 518 57 77

Korrupsiyaga qarshi kurashish


 

 

"Adliya organlari va muasasalarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi: savol va javoblar" 

 

Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi havolasi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash USLUBIYOTI

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risida nizom

O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq QOIDALARI

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish SIYOSATI

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish DASTURI

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi hamda notarial idoralarida xizmatlar koʻrsatish ahvolini “Sirli mijoz”
tamoyili asosida monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko'rib chiqish bo'yicha Ma'lumotnoma

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 2026-yil davomida ishga qabul qilingan (rotatsiya qilingan) rahbar kadrlar haqida maʼlumot

 

Korrupsiyaga qarshi kurash

bugungi kunning dolzarb masalasi

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash doirasida Аdliya vazirligi tomonidan ham bir qator chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, unda adliya tizimiga kiruvchi idoralar va muassasalar faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, Аdliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oshirish markazida ham korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha bir qator ishlar ishlar amalga oshirildi 2018-2019 oʼquv yilida yu.f.n., dotsent G.Аlimovning «Yuridik shaxslarning korrupsion huquqbuzarliklari uchun javobgarligini tartibga soluvchi xalqaro standartlar tizimi» mavzusidagi monografiyasi tayyorlanib chop etildi, i.f.d., professor B.Isroilov (mualliflar jamoasi) tomonidan 2018 yil dekabrda Sankt-peterburg politexnika universiteti olimlari bilan xammualliflikda “Современная система противодействия отмыванию преступных доходов и финансированию терроризма”  ва “Экономическая безопасность” oʼquv qoʼllanmalari chop etildi. Oʼzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi (Innovatsion rivojlanish vazirligi) granti doirasida G.Аlimov va B.Isroilov ham muallifligida “TТеневая экономика, коррупция, взяточничества: уголовно-проавовая оценка” nomli monografiyasi tayyorlanib chop etishga topshirildi.

Shuningdek, Yuristlar malakasini oshirish markaziga muntazam ravishda tahsil olishga kelgan barcha toifadagi tinglovchilar guruhlari uchun, markaz Jinoiy huquqiy fanlar kafedrasi tomonidan “Oʼzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari”, Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi tomonidan “Korrurpsiyaga qarshi kurashning halqaro huquqiy asoslari va xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzularida maʼruzalar oʼqib kelinmoqda.

2019 yil 09 yanvaridagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 5618-sonli, «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisida»gi Farmoni yuzasidan Markaz professor-oʼqituvchilari respublikamizning barcha mintaqalarida xizmat safarlarida boʼlishib aholi oʼrtasida Farmonda nazarda tutilgan boshqa dolzarb vazifalar qatorida korruptsiyaga qarshi kurashishda aholini huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalarda yuzdan ortiq maʼruzalar oʼtkazishdi.

Markaz mutaxassislari va professor-oʼqituvchilari respublikamiz miqyosida oʼtkazilgan korrupsiya mavzusiga oid oʼnlab ilmiy amaliy konferentsiya, davra suhbatlarida maʼruzalar bilan ishtirok etib kelishmoqda. Yuristlar malakasini oshirish markazi jamoasi korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha respublika idoralararo komissiyasining hamda Аdliya vazirligini korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha amalga oshirilishi nazarda tutilgan chora-tadbirlar rejalarining tegishli bandlarini ijrosini ham oʼz vaqtida taʼminlab kelmoqda. Yuristlar malakasini oshirish markazi bundan keyin ham respublikamizda korruptsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari boʼyicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlarga oʼz xissasini qoʼshib boradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining korrupsiyaga qarshi kurashish

SIYOSATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining (bundan buyon matnda – Institut deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati (bundan buyon matnda - Siyosat deb yuritiladi) Institut xodimlari orasida hamda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish maqsadida, Institutning yuqori axloqiy meʼyorlarga sodiqligini, shuningdek, Institut xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yoʻl qoʻymaslikni aks ettiradi.

2. Ushbu Siyosat talablari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining talablari bilan bir vaqtda egallab turgan lavozimi va bajaradigan vazifa va funksiyalaridan qatʼi nazar Institutning barcha xodimlariga tatbiq etiladi.

3. Institutning tarkibiy boʻlinmalarining korrupsiyaga qarshi kurashishining asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

Institutda korrupsiyani tubdan yoʻqotishga erishish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish;

Institut faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyani oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini taʼminlash.

4. Siyosat Institutning ichki hujjati sifatida yuqorida koʻrsatilgan asosiy maqsadlarga erishish uchun Institut faoliyatida korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga barham berishga qaratilgan asosiy talablar va tamoyillarni belgilab beruvchi asos hisoblanadi.

5. Institutga ishga qabul qilinayotgan har qanday shaxs ushbu Siyosat bilan imzo qoʻygan holda tanishishga va uning qoidalariga rioya qilishga majbur.

6. Institut korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy maqsadlaridan kelib chiqib:

Institut va Institut xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Ustavi (Nizomi), lavozim yoʻriqnomalari hamda boshqa ichki hujjatlarda belgilangan maqsad, vazifalar va faoliyatning asosiy yoʻnalishlariga rioya qilishlari lozim;

Institut xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari shart;

Institut xodimlari korrupsiyaga “mutlaqo toqatsizlik” tamoyilga tayangan holda korrupsiya bilan bogʻliq har qanday xatti-harakatlarda ishtirok etishi, yaʼni pora beruvchining manfaatlarini koʻzlab harakat qilishi yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora, yaʼni pullar, qimmatbaho qogʻozlar, boshqa mol-mulk, mulkiy tusdagi xizmatlarni berishni talab qilish, tovlamachilik qilish, vaʼda berish va pora berish, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun toʻlovlarni olish, shaxs tomonidan pora olish yoki gʻayriqonuniy boshqa maqsadlarda oʻz xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanishi qatʼiyan taqiqlanadi;

Institut va Institut xodimlari oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish va (yoki) Institut manfaatlarini ifodalash doirasida vijdonlilik va halollik tamoyillariga amal qilishi, shaxsiy manfaatlarini hisobga olgan holda oʻzlarining xizmat mavqeyidan va (yoki) adliya organlarining mol-mulkidan foydalanmaslik va manfaatlar toʻqnashuviga olib keladigan vaziyatlardan saqlanishlari lozim;

Institut va Institut xodimlari oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda jismoniy va yuridik shaxslardan biron-bir sovgʻa yoki ish jarayonida mehmondoʻstlikning belgilari, qarz, kafolatlar, kafilliklar, mukofotlar shaklida ragʻbatlantirish vositalarini, naqd pul mablagʻlari yoki ularning ekvivalenti, qimmatli qogʻozlar koʻrinishida moddiy yordam qabul qilish taqiqlanadi;

Institut va Institut xodimlari boshqa xodimlarga ularning shaxsi bilan bogʻliq bayramlar (tugʻilgan kun, bolaning tugʻilishi, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni)da beradigan, xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq boʻlmagan sovgʻalar berish Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga muvofiq amalga oshirishlari kerak;

Institut xodimlarini tanlash, ularni attestatsiyadan oʻtkazish va faoliyatini baholash, shu jumladan mukofot pullarini toʻlash, ustama haqlar va boshqa turdagi mukofotlarni belgilash jarayoni barcha xodimlar uchun shaffof, teng va xolis boʻlishi lozim;

Institut kontragentlar bilan munosabatlarda oʻz faoliyatini Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatning asosiy tamoyillari va talablariga muvofiq amalga oshirishi shart;

Institut qonunda nazarda tutilgan hollarda xayriya va homiyliklarni olgan paytda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, mablagʻlarni qonunda va (yoki) shartnomada belgilangan maqsadlar uchun samarali sarflanishini taʼminlash, shuningdek Internet tarmogʻidagi oʻzining rasmiy veb-saytlarida imkon qadar barcha choralarni koʻrishlari kerak;

Ichki hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda hujjatlarda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon yaratadigan korrupsiyaviy omillar kelib chiqishini oldini olish, aniqlash va istisno qilish maqsadida ekspertiza oʻtkazilishi lozim;

Adliya organlari va muassasalari xodimlari, advokatlar, notariuslar, yuriskonsultlar, patent vakillari, mediatorlar hamda boshqa soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Institutning ichki hujjatlariga muvofiq halol, adolatli va obyektiv asosda taʼlim berilishi lozim;

Institut faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi lozim;

Institutda chet el fuqarolarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, Institut professor-oʻqituvchilari va tinglovchilarining xorijiy davlatlardagi oʻquv va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda tajriba orttirishi xalqaro shartnomalar, davlat organlari oʻrtasida bitimlarni tuzishda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasliklari kerak.

7. Xodimlarning faoliyatini nazorat qilish uchun Institut oʻquv xonalarida video va audio yozuv kameralari joylashtiriladi, ularning yozuvlari Institutning masʼul xodimlari tomonidan doimiy ravishda kuzatib boriladi. Institutning rasmiy veb-saytlariga korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan ayrim jarayonlarning onlayn translyatsiyalari joylashtiriladi (xususan, xodimlar bilan suhbat oʻtkazish va ularni sinovdan oʻtkazish, komissiya yigʻilishlari, tinglovchilardan yakuniy sinov (suhbat)larni oʻtkazish va boshqalar).

8. Institut xodimlari va tinglovchilarda korrupsiyaga qarshi amaldagi qonun hujjatlari talablari, ushbu Siyosat qoidalari yoki Institutda korrupsiyaga qarshi boshqa chora-tadbirlar va tartib-taomillar bilan bogʻliq boʻlgan har qanday savollar boʻlsa, ular Institutning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha muvofiqlashtiruvchisi yoki Institutning “halollik ofitseri”ga murojaat qilishlari mumkin.

9. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi xabarlarni quyidagi aloqa kanallari orqali berish mumkin:

Adliya vazirligining “1008” telefon raqami va (71) 234-52-40 telefon raqami;

Institutning Telegram kanallari;

Institutning rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan shakllar;

Institutning elektron pochta manzillari;

toʻgʻridan-toʻgʻri huquqni muhofaza qilish organlariga.

10. Institutning aloqa kanallariga kelib tushgan barcha xabarlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Institutning ichki hujjatlariga muvofiq Institut tizimining masʼul xodimi tomonidan xolis tarzda va oʻz vaqtida koʻrib chiqiladi.

11. Vazirlik tizimida korrupsiya faktlari toʻgʻrisida vijdonan xabar bergan Institut xodimlari, agar bu maʼlumotlar tasdiqlangan boʻlsa, ichki hujjatlarga muvofiq ragʻbatlantirilishi mumkin.

12. Ushbu Siyosat quyidagi hollarda qayta koʻrib chiqilishi va tuzatilishi kerak:

korrupsiyaga qarshi kurashish amaldagi siyosat va tartib-taomillarni qayta koʻrib chiqish zaruratini keltirib chiqaradigan holda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi oʻzgarganda;

korrupsiyaga qarshi kurashish samarasiz nazorat va tartib-taomillar aniqlanganda va Institut faoliyatida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirishga zarurat tugʻilganda;

Institut tizimining tashkiliy tuzilmasi va (yoki) Institut tomonidan oʻz vazifalarini bajarishi xususiyatlari va boshqalar oʻzgarganda.