+998 71 234 56 02

Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi


 Yuristlar malakasini oshirish markazining “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi 1997 yilda tashkil etilgan. Kafedraga 2003-2010 yillarda yu.f.d. professor B.I.Ismailov rahbarlik qilgan. 2010 yil 16 martdan boshlab esa , yuridik fanlar doktori Lola Saidova Аbduvaxidovna rahbarlik qilib kelmoqda.

 Oʼtgan yillar mobaynida kafedrada yu.f.n.,O.Sulaymonov, yu.f.n,А.Moʼminov, yu.f.n.,M.Tillabaev, kabi pedagogik xodimlar faoliyat yuritganlar. Bugungi kunda jamoada kafedra mudiri, yuridik fanlar doktori. va ikkita dotsent oʼqituvchilar faoliyat yuritmoqda.

  Kafedraning maqsadi – Markazda oʼqitiladigan adliya tizimi, advokatura yoki boshqa soha xodimlarini, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlarining, shu jumladan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlari (yuriskonsulьtlari)ni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda faol ishtirok etish xisoblanadi.

  Quyidagilar kafedraning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- tinglovchilarga Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro huquqiy shartnomalardan kelib chiqib, inson huquqlariga hamda xalqaro huquqiy yordam toʼgʼrisidagi amaldagi normativ huquqiy hujjatlarga kiritilgan oxirgi oʼzgartirish va qoʼshimchalar mazmun-mohiyatini yetkazish;

 - tinglovchilarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash maqsadida, ularni xalqaro hamjamiyatda, xalqaro huquq va inson huquqlari sohasidagi islohotlarning tendentsiyalari va yoʼnalishlardan habardor qilish;

 - tinglovchilarga Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro huquqiy shartnomalardan kelib chiqib, inson huquqlariga hamda xalqaro huquqiy yordam toʼgʼrisidagi sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berish orqali nazariy bilimlarini va amaliy koʼnikmalarini rivojlantirish, ularda huquqni qoʼllash salohiyatini kuchaytirish va mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishda oʼziga ishonchni mustahkamlash;

 - tinglovchilarni sud, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida xalqaro huquq va inson huquqlari normalarini qoʼllashning zamonaviy talablari hamda ushbu sohadagi xorijiy davlatlar tajribasi bilan yaqindan tanishtirish;

 - tinglovchilarni jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ishtirokini faollashtirish maqsadida, kafedra yoʼnalishlari boʼyicha huquqiy axborot tarqatishda qoʼllaniladigan targʼibotning zamonaviy shakl va usullarini oʼrgatish

 - xalqaro huquq va inson huquqlari sohasida mavjud boʼlgan muammolarga oid amaliyotga yoʼnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar oʼtkazish, tadqiqotlar natijalari asosida qonunchilik hamda huquqni qoʼllash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish va taqdim etish;

 

     

Kafedra mudiri,yuridik fanlari doktori, 3-darajali adliya maslaxatchisi

Saidova Lola Аbduvaxidovna

e-mail: saidova.lola@inbox.ru

 50 dan ortiq maqola va nashrlar muallifidir. Diplomatik va konsullik huquqlariga oid ikkita yirik oʼquv qoʼllanmasini yaratgan. Xorijda oʼndan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

 L.Saidova xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar boʼyicha xalqaro anjumanlarda muntazam ishtirok etib keladi.Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Gender masalalari Komissiyasi Ishchi gurux aʼzosi xisoblanadi. Uning ilmiy rahbarligida xalqaro huquq sohasida olti nafar yuridik fanlari nomzodlari dissertatsiyalarini himoya qilganlar, 20 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan. Hozirda 4 nafar tadqiqotchiga doktorlik dissertatsiyalari boʼyicha ilmiy ishlarida rahbarlik qilmoqda

 

    

Raxmanov Shuxrat Naimovich yuridik fanlar nomzodi , kafedra dotsenti

e-mail: shuxratjon@gmail.com

Raxmanov Shuxrat Naimovich -.. yu.f. n.2018–2019 yillar mobaynida Shvetsiyaning Lund universitetida tadqiqotchi sifatida ilmiy-tadqiqot faoliyati yuritgan.

Hozirda «Diplomaticheskoe pravo mejdunarodnыx organizatsiy: doktrina i mejdunarodno-pravovaya praktika Respubliki Uzbekistan» mavzusida Xalqaro huquq ixtisosligi boʼyicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini oliy boʼyicha ilmiy ish olib bomoqda.

Rus va ingliz tillarini mukammal biladi. 40 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi

 

   

Ganibaeva Shaxnoza Karimberdievna yuridik fanlar nomzodi ,

e-mail: shahnozee@gmail.com

Ganibaeva Shaxnoza Karimberdievna yu.f.n., “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi dotsenti xalqaro xuquq mutaxassisi , adliya sohasida koʼp yillik tajribaga ega .

Sh.Ganibaeva ilmiy faoliyati davomida bir qator ilmiy ommabop kitoblar, oʼquv qoʼllanmalar va 20 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr qilgan.

Hozirgi kunda, Sh.Ganibaeva “Bolalarning xalqaro huquqiy himoya qilinishining taʼminlashi boʼyicha masalalar” doktorlik ishi ustida ishlamoqda

 

Kafedrada “Xalqaro huquq va inson huquqlari” yoʼnalishi boʼyicha quyidagi maʼruzalar oʼqitib kelinadi:

o Xalqaro huquq tizimining ustuvorligi va uni taʼminlash mexanizmlari;

o Аyollar huquqlarini taʼminlashning xalqaro-huquqiy va milliy mexanizmlari;

o Notarial va FHDYo faoliyatida xalqaro huquqiy yerdam;

o Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konventsiyaning mohiyati

o Korruptsiyaga qarshi kurashning xalqaro-huquqiy asoslari

o Inson huquqlari himoya qilish boʼyicha xalqaro va milliy mexanizmlar;

o Аdvokatlar faoliyatida xalqaro huquq normalarini qoʼllash masalalar;

o Bolalar huquqlari: xalqaro standartlar va milliy qonunchilik

o Xalqaro shartnomalar huquqi: Xalqaro sudlar va tijorat arbitrajlarida ishlarni koʼrish amaliyoti;

o Аdvokatura faoliyatini amalga oshirishda xalqaro huquqiy yerdam;

o Davlat xizmatlari koʼrsatish boʼyicha rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi;

o Xorijiy davlatlarda notariat faoliyatining oʼziga xos xususiyatlari;

o Аdliya faoliyatida xalqaro-huquqiy yordam koʼrsatish (Minsk, Kishinev konventsiyalari asosida;

o Xalqaro mehnat standartlari va Oʼzbekistonning milliy qonunchiligi.

 

Kafedraning telefon raqami: + 99871 234-56-08