+998 71 200 02 35

Ijtimoiy fanlar va psixologiya, yuridik etika kafedrasi


Kafedra Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyundagi “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʼgʼrisidagi” 531-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Kafedraga 2019 yil 3 sentyabrdan boshlab i.f.d., professor B.I.Isroilov rahbarlik qilib kelmoqda.

Bugungi kunda jamoada kafedra mudiri iqtisodiyot fanlari doktori, professor B.I. Isroilov, professor, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent N.А. Sogʼinov, oʼrindoshlik asosida falsafa fanlari doktori, professor S.Аgzamxadjaeva ishlamoqdalar.

 

Кафедра мудири, I-даражали адлия маслаҳатчиси

иқтисодиёт фанлар доктори, профессор

Исроилов Боходир Ибрагимович

200 дан зиёд илмий асарлар муаллифи (шундан 30 дан ортиғи монографиялар, дарслик ва ўқув қўлланмалар). Унинг илмий раҳбарлигида 2 та номзодлик диссертацияси ёқланган. Ҳозирда унинг раҳбарлигида  6 та тадқиқотчилар илмий изланишлар олиб бормоқдалар.

 

Kafedra professori,

psixologiya fanlari nomzodi, dotsent

Sogʼinov Nurmat Аbdusamatovich

Umumiy psixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya, psixodiag-nostika, maxsus xizmat faoliyati psixologiyasi, psixologik xizmat sohalari yoʼnalishlari bilan shugʼullangan. Psixologiya masalalariga oid 160 dan ortiq ilmiy maqola, 20 dan ortiq ilmiy-uslubiy, ilmiy-amaliy qoʼllanmalar, darsliklar muallifi. Uning ilmiy rahbarligida 1 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan.

 

Kafedra professori,

Falsafa fanlari doktori, professor

Аgzamxodjaeva Saida Sabitxanovna

Etika va estetika, etiket, ijtimoiy falsafa, madaniyatshunoslik va maʼnaviy taraqqiyot sohalari mutaxassisi. Shanxay universitetining taklif qilingan faxrli professori. Shanxay universitetining oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasidagi hamkorlik boʼyicha Xalqaro Maslahat Qoʼmitasining katta maslahatchisi. U 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, 15 dan ortiq oʼquv qoʼllanma va ilmiy-amaliy qoʼlanma, 12 ta monografiya va 7 ta darslik (oʼzbek, rus va qoraqalpoq tillarida) muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda 29 ta ilmiy maqolasi chop etilgan. Uning ilmiy rahbarligida 5 ta PhD dissertatsiyasi yoqlangan Hozirda uning rahbarligida 4 ta doktorant ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

 

 

Kafedra oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʼzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining qaror va boʼyruqlari, kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga oid vazirliklar va boshqa idorlarning normativ-huquqiy hujjatlari, Markazning qaror va boʼyruqlari hamda Nizomiga amal qiladi.

Kafedra faoliyatining asosiy yoʼnalishlari:

- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlarning mazmun-mohiyati, mazkur islohotlarning tendentsiyalari va yoʼnalishlari toʼgʼrisida tinglovchilar malakasini shakllantirish;

- ijtimoiy-iqtisodiy sohada davlat-huquqiy siyosatining ustuvor yoʼnalishlarini tushuntirish, tinglovchilarga ijtimoiy-iqtisodiy soha bilan bogʼliq yangi bilimlar berish;

- jamiyatni ijtimoiy jihatdan qoʼllab-quvatlash, ijtimoiy taʼminot, sogʼliqni saqlash, taʼlim, soliq, investitsiya siyosati haqida va iqtisodiyot sohasidagi tarkibiy oʼzgarishlar hamda ularning huquqiy asoslarini tinglovchilarga yetkazish;

 - kadrlarning notiqlik salohiyatini oshirish, yuridik kasb etikasiga rioya etish, ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilaѐtgan islohotlar haqida maʼlumot berish orqali tinglovchilarning nazariy bilimlari va amaliy koʼnikmalarini mustahkamlash;

- ijtimoiy fanlar va yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy-tadqiqotlar oʼtkazish;

- kafedraga kelib tushgan qonun hujjatlari muhokamasida ishtirok etish, qonunchilik hamda huquqni qoʼllash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va xulosalar ishlab chiqish;

- kafedra professor-oʼqituvchilarini xorijiy davlatlarda malaka oshirish va stajirovka (amaliyot)dan oʼtkazish orqali kasbiy mahoratini oshirish.

Telefon nomer: + 99871 234-53-45