+998 71 234 56 02

Huquqiy targ‘ibot


Markaz professor-oʼqituvchilari tomonidan 2019 yilning oʼtgan davrida huquqiy targʼibot tadbirlar rejasi asosida xalqaro-huquqiy hujjatlar, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmuni-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish boʼyicha ommaviy axborot vositalarida turkum chiqishlar qilindi. Xususan, hisobot davrida jami 187 ta huquqiy targʼibot ishlari amalga oshirildi. Shundan 64 tasi ommaviy axborot vositalarida, 116 tasi turli mavzularda oʼtkazilgan seminar va davra suhbatlarida ogʼzaki huquqiy targʼibot tadbirlari. Shuningdek, oʼtgan davr mobaynida Markaz professor-oʼqituvchildari tomonidan 7 ta turli mavzularda 4700 nusxada darslik, oʼquv, oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar tayyorlandi.

Jumladan, “Konstitutsiyaviy huquq” darsligi 500 nusxada, “Praktikum po grajdanskomu protsessu” mavzusidagi oʼquv-metodik jamlanma 1000 nusxada, “Jinoyat qonunchiligi normalarini qoʼllashga oid masalalar” toʼplami 1000 nusxada, “Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi tomonidan oʼtiladigan mavzular boʼyicha” oʼquv qoʼllanma 1000 nusxada, “Oʼzbekiston Respublikasida huquqiy islohotlarning asosiy jihatlari” mavzusida oʼquv qoʼllanma 1000 nusxada, “Yuridik shaxslarning korruptsion huquqbuzarliklar uchun javobgarligini tartibga soluvchi xalqaro standartlar tizimi” oʼquv qoʼllanma 100 nusxada, “Korruptsiya va unga qarshi kurashishga oid atamalar hamda iboralar izohli lugʼati” 100 nusxada chop ettirildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PF-5618-sonli Farmoni hamda yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka targʼib qilish boʼyicha Markaz professor-oʼqituvchilari Respublikaning Fargʼona, Аndijon, Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida 60 dan ortiq tadbirlarda (6000 nafar ishtirokchi) turli mavzularda maʼruzalar bilan ishtirok etishdi.

Shuningdek, Farmon bilan tasdiqlangan “Yoʼl xarita”ga koʼra qator viloyatlarda Markaz professor-oʼqituvchilari ishtirokida tashkil etilgan targʼibot guruhi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda boshqa davlat idoralarida “Bepul huquqiy maslahat beruvchi guruhlar” aʼzolari uchun tashkil eʼtilgan maxsus oʼquv seminarlarida oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

Bundan tashqari maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari uchun tashkil etilgan “Konstitutsiyaga sayohat” va “Bola huquqlari ” kurslarini oʼrganish uchun tashkil etilgan oʼquv seminarlarida ishtirok etildi.

Joriy yilning 29 mart kuni Markaz binosida “Qonun ijodkorligini takomillashtirish kontseptsiyasini joriy etish sharoitida qonun ustvorligini taʼminlash” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi.

Mazkur tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi IIV Аkademiyasi, Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti, Bosh prokuratura Oliy oʼquv kurslari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Markaz professor-oʼqituvchilari va Markazda malaka oshirayotgan tinglovchilar ishtirok etishdi.

Joriy yilning 30 may kuni Markaz tinglovchilari va Markaz professor-oʼqituvchilari ishtirokida “Qonun ijodkorligining zamonaviy tendentsiyalari: milliy, horijiy va xalqaro tajriba” mavzusida ilmiy amaliy konferentsiya oʼtkazildi.

Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Oʼzbekiston Renspublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasi vakillari hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi aʼzolari ishtirok etishdi.

Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oʼqituvchilari tomonidan joriy yilning may oyida Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, 1, 2 iyunь kunlari esa Buxoro viloyati ommaviy axborot vositalari, internet nashrlari, tashkilotlar matbuot xizmati xodimlarining huquqiy bilimlari oshirish maqsadida, «Jurnalistika: huquqiy amaliyot va koʼnikmalar» mavzusida oʼquv-seminarlari oʼtkazildi.

 Seminarlarda Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oʼqituvchilari jurnalistning huquq va majburiyatlari, uning faoliyatini himoya qilish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari, daxlsizligi, kasbga oid odob-axloq qoidalari, ommaviy axborot vositalari xodimlarining faoliyati OАV haqidagi qonunda belgilangan meʼyorlarga mos kelishi lozimligi, har qanday yoritiladigan material huquqiy asoslangan boʼlishi haqida toʼxtalib oʼtishdi.

Ushbu tadbirlar mahalliy televidenie, radio, gazeta va internet nashrlarida keng yoritildi, Markaz professor-oʼqituvchilari muntazam chiqishlar qilib borishdi.

Markaz professor-oʼqituvchilari muntazam ravishda UzА hamda boshqa rasmiy veb saytlarda oʼzlarining maqolalari bilan chiqishlar qilib borishdi.

2019 yilning may-iyunь oylarida Toshkent shahrida Mahalla fuqarolar yigʼinlariga yangi saylangan mahalla oqsoqol (rais)lari uchun tashkil etilgan oʼquv seminarlarida Markaz professor-oʼqituvchilari tomonidan ularning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan ikki haftalik oʼquv mashgʼulotlari (seminarlar) oʼtkazildi. Tadbirda Toshkent shahridagi barcha mahalla raislari ishtirok etishdi.

Shuningdek, joriy yilning may oyida Jizzax shahrida Respublika ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan 50 nafar profilaktika inspektorlari uchun tashkil etilgan oʼquv mashgʼulotlari Markaz professor-oʼqituvchilari oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

Joriy yilning 19 sentyabrь kuni Markaz rahbariyati, pedagoglari va masʼul xodimlari ishtirokida Markazda malaka oshirayotgan 230 dan ortiq tinglovchilar bilan ochiq muloqot oʼtkazildi. Muloqotda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga huquqiy jihatdan koʼmak berishda yuridik kadrlar oldida turgan vazifalar, huquqiy tizimni takomillashtirish va huquqni qoʼllash amaliyotini birxillashtirish, davlat organlari va fuqarolar oʼrtasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan taʼminlash, zamonaviy yurist kadrlarga qoʼyilayotgan bugungi talablar, normativ-huquqiy hujjatlar hamda shartnomalar bilan ishlashni sifat jihatdan kuchaytirishga oid masalalar muhokama etildi.

 Shuningdek, 2019 yil 1 yanvardan kuchga kirgan Oʼzbekiston Respublikasining “Medatsiya toʼgʼrisida”gi Qonuni talabiga koʼra professional mediatorlar reestrini yuritish adliya idoralari zimmasiga yuklatilgan. Shunga koʼra, boʼlajak mediatorlarni oʼqitish boʼyicha bir oylik oʼquv kurslari joriy yilning 23 sentyabridan boshlandi.

Oʼquv dasturiga muvofiq boʼlajak mediatorlar kurs natijasi boʼyicha nizolarni sudsiz hal etish mexanizmlari, mediatorlarga boʼlgan talablar, medatsiya jarayoni ishtirokchilari huquq va majburiyatlari hamda uni qoʼllashning xorij amaliyoti toʼgʼrisidagi bilim hamda koʼnikmalarni oʼrganadi.

Shuningdek, Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent S.Maripovaning “Perspektivы razvitiya mediatsii v Respublike Uzbekistan” nomli hamda “Pravovoe regulirovanie i perspektivы razvitiya semeynoy mediatsii” mavzularidagi maqolalari UzА va Markaz rasmiy veb saytlarida yoritildi.

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʼrilmoqda.