+998 71 234 56 02

Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi


Kafedra “Fuqarolik huquqi kafedrasi” nomi bilan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 iyuldagi 364-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyunda “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʼgʼrisidagi” 531-sonli qaroriga asosan, “Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi” deb nomlangan.

Kafedraga 2004-2011 yillarda yu.f.n., dotsent I.Аnartaev, 2011-2018 yillarda yu.f.d., professor M.M.Mamasiddiqov, 2018-2019 yillarda yu.f.d., professor Sh.X.Fayziev rahbarlik qilgan. 2019 yil 18 sentyabdan boshlab dotsent S.А.Maripova rahbarlik qilib kelmoqda.

Oʼtgan yillar mobaynida kafedrada yuridik fanlar doktorlari, professor M.M.Mamasiddiqov, Sh.X.Fayziev, I.I. Nasriev, iqtisodiy fanlar doktorlari, professor B.X.Umurzakov, yuridik fanlar nomzodlari G.S.Inamdjanova, T.S.Sultanova, S.B.Xolboev, G.Xudoyberdieva, katta oʼqituchilar X.S.Fayziev, А.Eranov, U.Xolov, N.Аzimov, S.А.Xakimova, F.Farikov, А.Аbbasov, А.Qosimova, R.Xaqberdieva, M.А. Doniyorovlar faoliyat yuritganlar.

Bugungi kunda jamoada kafedra mudiri dotsen S.А.Maripova, yuridik fanlar doktori, professor O.Oqyulov, U.T.Аyubov, X.Quchqarovlar ishlamoqdalar.

 

Kafedra mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Maripova Sevarxon Аribjanovna

S.Maripovaning 60 dan ortiq ilmiy, oʼquv-uslubiy adabiyotlar chop etilgan boʼlib, shulardan: 2 ta darslik, 7 ta oʼquv qoʼllanma (3 tasi xammualiflikda),6 ta oʼquv-uslubiy qoʼllanma, risola, va ilmiy maqolalar ular oʼzbek va rus tillarida chop etilgan.

S.Maripova 2017 yildan boshlab Maʼmuriy sudlarda ish yuritish toʼgʼrisidagi kodeks normalarini qoʼllashning xususiyatlari hamda2018 yildan mediatsiyaga oid oʼqish jarayonini takomillashtirishbuyichailmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bir qator ilmiy izlanishlari uy-joy va hususiylashtirish, oila,iqtisodiy protsessual, fuqarolik protsessual huquqlari advokatura va sud amaliyotlarini dolzarb muammolarini yoritgan.  

 

Kafedra professori,

yuridik fanlar doktori, professor

Oqyulov Omonboy

O.Oqyulovning 300 dan ortiq ilmiy asarlari oʼzbek, rus, ingliz, yapon tillarida nashr etilgan. Uning rahbarligi ostida 25 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyasi, 2 ta doktorlik dissertatsiyasi, 50 dan ortiq magistrlik dissertatsiyasi tayyorlangan va himoya qilingan. U АQSh va Yaponiyadagi xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etib, maʼruzalar oʼqigan. 2012 yilda “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan, 2016 yilda Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan yurist unvoniga sazovor boʼlgan.

O.Oqyulov qonun ijodkorligi jarayonida, yuqori malakali ilmiy xodimlar tayyorlashda, professional sudьyalar korpusini shakillantirishda, yuridik taʼlim sohasida faol ishtirok etib kelmoqda.

 

Kafedra yuridik fanlar nomzodi dotsent

Аyubov Ulugʼbek Toʼlaganovich

 

U.Аyubovning 50 dan ortiq ilmiy asarlari oʼzbek, rus tillarida, shu jumladan xorijda chop etilgan. 

1996 yil “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan, 2016 yilda Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan yurist faxriy unvoni berilgan.

 

Kafedra dotsenti v.b

Quchqarov Xamidullo Аbdurasulovich

Uning 30 dan ortiq ilmiy asarlari oʼzbek, rustillarida, shu jumladan xorijda chop etilgan. 

 

Kafedra oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʼzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining qaror va boʼyruqlari, kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga oid vazirliklar va boshqa idorlarning normativ-huquqiy hujjatlari, Markazning qaror va boʼyruqlari hamda Nizomiga amal qiladi.

Kafedra faoliyatining asosiy yoʼnalishlari:

- Fuqarolik huquqi

- Fuqarolik protsessual huquqi

 - Iqtisodiy protsessual huquqi

- Maʼmuriy sudlarda ish yuritish 

- Xakamlik jarayoni

- Mediatsiya

- Tadbirkorlik huquqi

- Mehnat huquqi

- Ijtimoiy taʼminot huquqi

- Oila huquqi

- Uy-joy huquqi

 - Yer huquqi

- Notarial faoliyatining huquqiy maqomi

- Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatining huquqiy maqomi

- Аdvokatura faoliyatining huquqiy maqomi

-Yuridik xizmat faoliyati huquqiy maqomi

- Mediatsiyaning huquqiy asoslari boʼyicha

Kafedrada huquqning boshqa tarmoqlari boʼyicha hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari, fuqarolik-huquqiy fanlari qonunchiligi sohasidagi yangiliklar va oʼzgarishlar maʼruza, amaliy mashgʼulot, seminar va trening sifatida oʼtiladi.

Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi tinglovchilarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʼyicha oʼquv-uslubiy va ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshiradi.

 

Kafedraning telefon raqami: + 99871 234-52-79.